Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
7.3. Zaxiralarni hisoblash usullari 
7.3.1. Zaxiralarni tasniflash 
Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat 
Qoʻmitasi tomonidan 1999 yil 20 iyunda, hozir amal qiluvchi «Qattiq 
foydali 
qazilma 
konlari 
zaxiralarining 
va 
bashorat 
qilingan 
resurslarining tasnifi» tasdiqlangan. Bu tasnifda yer ostidagi zaxiralarni, 
ularning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati va oʻrganilganlik darajasiga koʻra 
hisoblash va davlat hisobiga olishning yagona tamoyillari, shuningdek, 
razvedka qilingan konlarning sanoatda oʻzlashtirishga tayyorlanganligini 
aniqlash shartlari va qattiq foydali qazilmalarning bashorat qilingan 
resurslarini baholash tamoyillari belgilangan. 
Amaldagi tasnifga koʻra mineral xomashyoning yer ostidagi umumiy 
resurslari razvedka qilingan zaxiralar va bashorat qilingan resurslardan 
tashkil topadi. Foydali qazilmalarning zaxiralari geologiya-qidiruv (togʻ 
lahimlari oʻtish, burgʻilash va geofizika) ishlari natijalariga koʻra 


126
aniqlangan (geometriyalashtirilgan) chegaralarda hisoblanadi va hisobga 
olinadi. 
Bashorat 
qilingan 
resurslar 
ular 
chegaralarini 
geometriyalashtirmasdan barcha geologik, geofizik va geokimyoviy 
ma’lumotlar yigʻindisi boʻyicha baholanadi. Foydali qazilmalar va ular 
tarkibidagi foydali komponentlarning zaxiralarini hisoblash va qayd 
qilish, ularni qazib olish, boyitish va qayta ishlash jarayonidagi muqarrar 
yoʻqotishlar va «kambagʻallanishlar»ni hisobga olmasdan, yer ostidagi 
holati boʻyicha bajariladi. Boyitish vaqtida tovar konsentratlarida yoki 
metallurgik qayta ishlash mahsulotlarida yigʻilib qoladigan qoʻshimcha 
hamroh foydali komponentlarning zaxiralari, ham yer ostidagi holati 
boʻyicha, ham ajratib olinadigan minerallardagi holati boʻyicha 
hisoblanadi va qayd qilinadi. 
Zaxiralarni hisoblashda foydali qazilmalarning sifati ulardan qayerda 
foydalanilishiga va qayta ishlash texnologiyasiga bogʻliq ravishda
ulardagi asosiy va qoʻshimcha hamroh qimmatli komponentlardan 
maksimal toʻliq va kompleks foydalanish kerakligini hisobga olgan 
holda aniqlanadi. 
Foydali qazilmalarning zaxiralari, iqtisodiy ahamiyati boʻyicha 
alohida hisoblanadigan va hisobga olinadigan ikki guruhga: balansdagi 
va balansdan tashqaridagi guruhlarga boʻlinadi. 
Balansdagi zaxiralar guruhiga tasdiqlangan konditsiyalar boʻyicha 
ajratilgan, zamindan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza 
qilish haqidagi qonuniy-me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilgan 
holda, hozirda sanoatda mavjud boʻlgan yoki oʻzlashtirilayotgan, 
ma’danlarni qazib olish va qayta ishlashning progressiv texnika va 
texnologiyasini qoʻllash sharoitida ishlatish iqtisodiy samara beradigan 
ma’dan zaxiralari kiritiladi. 
Balansdan tashqari zaxiralar guruhiga tasdiqlangan konditsiyalar 
boʻyicha hozirgi vaqtda ishlatish, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
emas yoki texnik va texnologik jihatdan mumkin emas boʻlgan, lekin 
kelajakda balansdagi zaxiralarga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan zaxiralar 
kiritiladi. Balansdan tashqari zaxiralarni hisoblash va hisobga olish, 
faqatgina, konditsiyalarni texnik-iqtisodiy asoslashda ularni kelajakda 
qazib olish uchun zaminda saqlab qolish mumkinligi yoki kelajakda 
foydalanish uchun yoʻl-yoʻlakay qazib olish, omborlarga joylashtirish va 
saqlash maqsadga muvofiqligi isbotlangan hollarda amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy, texnologik, gidrogeologik va kon-texnik sabablarga koʻra 
balansdan tashqari boʻlgan zaxiralar alohida hisoblanadi va hisobga olib 
qoʻyiladi. 


127
Foydali qazilmalarning bashoratlangan resurslari, hozirgi yoki yaqin 
kelajakdagi konlarni qazib olishning texnik-iqtisodiy darajasida 
ekspluatatsiya qilish mumkin boʻlgan chuqurlikgacha, mineral 
xomashyoning sifatiga va uning texnologik xususiyatlariga boʻlgan 
sanoat talabini hisobga olgan holda baholanadi. Togʻ-kon texnologiyasi 
va iqtisodiyotidagi ilmiy-texnik taraqqiyotning yaqin kelajakdagi 
istiqbolini hisobga oluvchi konditsiyalar parametrlarining oʻzgartirilishi 
muayyan asoslarga tayangan boʻlishi kerak. 
Oʻrganilganligi (razvedka qilinganligi) darajasi boʻyicha foydali 
qazilmalar zaxiralari uchta (B, C
1
va C
2
) toifaga boʻlinadi. Foydali 
qazilmalarning 
bashoratlangan 
resurslari 
ularning 
asoslanganlik 
darajasiga koʻra ikkita (P
1
va P
2
)
toifaga boʻlinadi. Zaxiralarning 
razvedka qilinganlik darajasi foydali qazilma tanalarining yotish 
sharoitlari, shakllari va ichki tuzilishi; mineral xomashyo tabiiy va 
texnologik turlarining oʻzaro munosabati va fazoviy joylashish 
qonuniyatlari; kon-ekspluatatsiya ishlarini olib borish sharoitlarini 
aniqlovchi mineral xomashyoning texnologik xususiyatlari va tabiiy 
omillarni oʻrganishning mufassaligi bilan aniqlanadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling