Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

P
2
toifasidagi bashoratlangan resurslar – bu bashoratlangan 
potensial konlarning resurslaridir. Razvedka qilingan kon(uchastka)lar 
asosida yangi togʻ-kon korxonalarini loyihalashtirishga, faqatgina ular 
sanoatda oʻzlashtirishga tayyor deb topilsa, ZDK tomonidan ruxsat 
beriladi. 
Oxirgi yarim asrdan koʻproq vaqt mobaynida foydali qazilmalar 
zaxiralarini hisobga olish va hisoblash tamoyillariga qoʻyilgan talablar 
evolyutsiyasi koʻrib chiqilsa, quyidagi tendensiyalar diqqatni oʻziga jalb 
qiladi. 
Razvedka 
qilingan 
zaxiralarning 
toifalari 
orasidagi 
farqlar 
oʻzlarining asosiy ahamiyatini yoʻqotgan. Chunki bir biriga yaqin 
oʻlchamli foydali qazilma tanalari uchun A, B va C
1
toifalardagi 
zaxiralar, aslida, faqat ularning ichki tuzilishini oʻrganish mufassalligi 
boʻyicha farqlana boshlandi. 
Sodda tuzilishdagi konlarni razvedka qilishda zaxiralarning toʻrtdan 
uch qismi C
1
toifasi boʻyicha baholangani uchun konni geologik-
iqtisodiy baholash uchun A va B toifalardagi zaxiralarning ahamiyati 
arzimas boʻlib qoldi. Bundan tashqari, faqat C

va C
2
toifasida razvedka 
qilingan murakkab geologik tuzilishdagi konlar sanoatda oʻzlashtirishga 
berilgan va togʻ-kon korxonalari tomonidan samarali foydalanilyapti. 
Amaliyotda A va B toifalarida razvedka qilingan zaxiralarni ajratish
ularni hisobga olish metodikasining va geologiya-qidiruv ishlarining 
samaradorligini baholashning murakkablashuviga olib keldi. Masalan, 
foydali qazilmalarni razvedka qilish tannarxini baholash uchun kam 
asoslangan oʻtuvchi koeffitsiyentlardan foydalaniladi. Agar razvedka 
qilingan zaxiralarning oʻrtacha tannarxiga qarab ish tutilsa, bu 
koeffitsiyentlar keraksiz boʻlib qoladi. Razvedka qilingan zaxiralarni 
bitta toifa boʻyicha hisobga olishning maqsadga muvofiqligini mineral 
resurslarni tasniflashning jahon tajribasi ham tasdiqlaydi. 


130
Chet el togʻ-konchilik va geologiya-qidiruv kompaniyalarining ish 
tajribalaridan kelib chiqib, asoslanmagan xarajatlarni kamaytirish 
zaruratini hisobga olib, hozirgi amaldagi tasnifdan A toifasi chiqarib 
yuborildi (zaxiralar tayyorlanganligining yuqori darajasi sifatida B 
toifasi qoldirilgan), qoʻshimcha uchraydigan foydali komponent va 
qazilmalardan kompleks foydalanish imkoniyatlarini oʻrganishga 
boʻlgan talablar kuchaytirilgan. C
2
toifasidagi zaxiralarni asoslashga 
yondashish yoʻllariga aniqliklar kiritilgan va ularga boʻlgan talablar 
kuchaytirilgan. Oʻzining mazmuni jihatidan faraziyligi sababli amaliy 
ahamiyatga ega boʻlmagan toifa sifatida bashoratlangan resurslarning 
P

toifasi tasnifdan chiqarib yuborilgan. 
Mamlakatimizda amal qilayotgan zaxiralar va resurslar tasnifi bilan 
solishtirish uchun quyida BMT shtab-kvartirasining tabiiy resurslar
energetika va transport markazida 1979 yilda tuzilgan va mineral 
resurslar sohasidagi terminologiya va ta’riflar boʻyicha ekspertlar guruhi 
tomonidan taklif etilgan mineral resurslarining xalqaro tasnifi 
keltirilgan. Unda ilgʻor kapitalistik mamlakatlar (AQSH, Kanada, 
Fransiya va boshqalar)da qabul qilingan mineral resurslarining tasniflari 
ishlatilgan va umumlashtirilgan hamda Atom Energetikasi boʻyicha 
Xalqaro Agentlik (AEXA) tomonidan qabul qilingan uran resurslari 
tasnifining tamoyillari hisobga olingan. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling