125
olinayotgan tayyor mahsulot (metall) ishlab
chiqarish texnologiyasi
talablarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Qurilishi rejalashtirilayotgan korxonalar uchun xomashyo bazasi
sifatida razvedka qilinayotgan ma’danli konlar uchun bu koʻrsatkichlar
oʻxshatish metodi bilan aniqlanadi. Buning
uchun geologlar uchun
chiqarilgan «Mineral xomashyo sifatiga sanoat talablari» nomli
ma’lumotnomalarning tegishli sonlaridagi ma’lumotlarga
va loyihalash
institutlarining maslahatlariga tayaniladi.
Ma’danlarni qayta ishlash texnologiyalarining juda turli-tuman,
murakkab va oʻzgarishga moyilligini
inobatga olgan holda, bu
koʻrsatkichlarni belgilashda ehtiyotkorlik zarur. Ma’danlarning juda
koʻp komponentlari ilgari zararli deb hisoblangan boʻlishiga qaramay,
hozirgi kunda ular yalpi ma’danlar samaradorligini oshirishga xizmat
qiladigan bebaho komponent sifatida tan olinmoqda. Masalan,
temir
ma’danlarini domnada eritishga tayyorlash jarayonini yoʻlga qoʻyish,
ya’ni, oltingugurtning yonib ketishiga olib keluvchi aglomerat yoki
kuyindi
ishlab chiqarish, temir ma’danlaridagi oltingugurt miqdori
xomashyoning sifatini yomonlashtiruvchi koʻrsatkich boʻlmay qolishiga
olib keldi.
Shu bilan bir qatorda, oltingugurtning yuqori miqdori temir
ma’dani tarkibida kobaltli pirit yoki sfalerit
borligidan darak berishini
inobatga olgan holda, ma’dan tayyorlash jarayoniga sulfidlarni flotatsiya
qilishni kiritish yoki boshqa metodlarni qoʻllash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: