Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Bort 
miqdorini 
variantlar 
usuli 
bilan 
aniqlash. 
Konni 
chegaralashda qoʻllanilgan bort miqdoriga boʻysungan holda ma’dan 
zaxirasi va komponentning oʻrtacha miqdori ham oʻzgaradi. U bilan mos 
ravishda konning sanoat tomonidan oʻzlashtirish variantlarining texnik-
iqtisodiy 
hamda 
narx 
koʻrsatkichlari 
ham 
oʻzgaradi. Ushbu 
koʻrsatkichlarni taqqoslash yoʻli bilan konni oʻzlashtirishning va bort 
miqdorining maqbul variantlari aniqlanadi. 
Sanoat tomonidan oxirgi davrda oʻzlashtirilishi boshlangan bir qator 
nodir metallar boʻyicha yaqin kelajakda ommaviy iste’mol boshlanishi 
bilan moʻljallangan narxlar keskin pasayishi mumkin. Shuning uchun 
nodir metallarning amaldagi narxlarda hisoblangan bort miqdorlari 
pasaytirib yuborilgan boʻlishi mumkin. 
Bunday metallar boʻyicha bort miqdorlarini belgilashda istiqbolga 
rejalangan va tasdiqlangan narxlardan foydalanilgani yoki «Kapital 
mablagʻlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunaviy 
metodi»ga binoan keltirilgan xarajatlar metodi bilan hisobni narx 
koʻrsatkichlarini kiritmay amalga oshirilgani ma’qul. 
1.4. Ochiq kon-qazish ishlari uchun qoplab turuvchi jinslar bilan 
foydali qazilma qalinligi va hajmlarining eng koʻp yoʻl qoʻyilishi 
mumkin boʻlgan nisbati. Bu nisbat oʻzlashtirish usulini tanlashda hal 
qiluvchi 
ahamiyat 
kasb 
etib, 
konni 
baholashdagi 
birlamchi 
operatsiyalardan hisoblanadi hamda boʻlgʻusi korxona koʻrsatkichlarini 
belgilovchi barcha loyihalashgacha boʻlgan yoʻnalishlarini aniqlaydi. 
Konlarni ochiq usulda oʻzlashtirishda quyidagi 2 holat kuzatilishi 
mumkin: 
1) yopib turuvchi togʻ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari 
foydali qazilmaniki bilan bir xil yoki unga juda yaqin; 
2) yopib turuvchi qatlam zichlanmagan gʻovak yoki plastik togʻ 
jinslaridan (shagʻal, qum, gil va boshqalar) iborat. 


122
Birinchi holatda yopib turuvchi togʻ jinslarini ochish va foydali 
qazilmani qazib olish usullari ishlab chiqarish samaradorligi hamda 
tannarx jihatidan bir xil koʻrsatkichlarga ega boʻladi. Ikkinchi holatda 
esa, yopib turuvchi gʻovak togʻ jinslarini qazib olishda maxsus metodlar
qoʻllanishi mumkin boʻlgani uchun 1 m
3
ochish ishlari tannarxini keskin 
kamaytirib, samaradorlikni oshirish imkoni tugʻiladi. Shuning uchun 1 
m
3
yumshoq jinslarni ochish tannarxi oʻxshashlik yoki yiriklashtirilgan 
koʻrsatkichlar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi. 
Tannarxni hisoblash yer osti usuli bilan konni oʻzlashtirishning maqbul 
varianti uchun ham amalga oshiriladi. 
Ochiq va yer osti usullari bilan 1m

foydali qazilmani qazib olish 
tannarxi boʻyicha ma’lumotlar boʻlgan hollarda ular quyidagi ifoda 
asosida taqqoslanadi: 
a + b K
gr
c, 
bunda, a - 1m
3
foydali qazilmani ochiq usulda qazib olish tannarxi; 
b - 1m
3
yopuvchi jinslarni qazib olish tannarxi; K
gr 
- yopuvchi jinslarni 
ochishning chegara koeffitsiyenti; c
-
1m
3
foydali qazilmani yer osti 
usulida qazib olish tannarxi. 
Ifodadan shu ma’lum boʻladiki, yopuvchi jinslarni ochishning 
chegara koeffitsiyenti 
K
gr

в
а
с

ni tashkil etadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling