Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

C
2
toifasidagi zaxiralar foydali qazilmani bir nechta burgʻilash 
qudugʻi yoki togʻ lahimlari bilan kesib oʻtilishi bilan tasdiqlangan 
geologik, geofizik va geokimyoviy ma’lumotlar boʻyicha belgilanadi. 
Sanab oʻtilgan ma’lumotlarning hammasi boʻyicha foydali qazilma 
tanalarining oʻlchamlari, shakli, tuzilishi va yotish sharoitlari 
baholanadi. Mineral xomashyoning sifati va texnologik xossalari ayrim 
laboratoriya namunalarini tekshirish natijalari boʻyicha yoki koʻproq 
oʻrganilgan boshqa oʻxshash uchastka (kon)larga solishtirish bilan 
aniqlanadi. Konni ekspluatatsiya qilishning togʻ-geologik sharoitlari 
ham analogiya boʻyicha, hududdagi ma’lum boʻlgan konlar va razvedka 
qilinayotgan konning oʻrganilgan boshqa uchastkalariga qarab 
oʻxshashligi boʻyicha baholanadi. Razvedka qilingan zaxiralarning 
chegaralari, konditsiya talablariga mos ravishda, burgʻilash quduqlari va 
togʻ lahimlari boʻyicha oʻtkaziladi. B toifali zaxiralarning chegaralari 
ekstrapolyatsiyasiz, C
1
va C
2
toifalari uchun esa ma’lumotlarni geologik 
jihatdan asoslangan ekstrapolyatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi. 
P
1
toifasidagi bashoratlangan resurslar – bu razvedka qilingan, 
razvedka qilinayotgan va yangi topilgan konlarning resurslaridir. Ular 
muayyan bir kon zaxiralarining C
2
toifasidagi zaxiralar chegaralarini 
kengaytirish yoki ularning chegarasidan tashqarida qoʻshimcha 
aniqlangan yangi foydali qazilma tanalari hisobiga koʻpayishi 


129
mumkinligini aniqlaydilar. P
1
toifasidagi resurslarni baholash foydali 
qazilma potensial tarqalgan hajmlar doirasida olib borilgan geologik
geofizik va geokimyoviy tadqiqotlarga tayanadi. Shuningdek, konning 
geologik-sanoat turi haqidagi tasavvurlarni hisobga olgan holda konning 
razvedka qilingan qismi boʻyicha olingan ma’lumotlarni geologik 
ekstrapolyatsiya qilish natijalariga asoslanadi. P
1
toifasidagi resurslar 
geologiya-qidiruv ishlarining baholash bosqichi natijalari boʻyicha 
razvedka ishlari olib boriladigan obyektlarni asosli tanlash uchun 
ishonchli tayyorlangan rezerv boʻlishi kerak. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling