Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Namunani tahlildan oʻtkazish sifatini nazorat qilish


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Namunani tahlildan oʻtkazish sifatini nazorat qilish. Hamma 
laboratoriyalarda xatoliklarning oldini olish va hisobga olish uchun ham 
ichki, ham tashqi nazorat oʻrnatiladi. Bundan maqsad – laboratoriyaning 
oʻzida bir qism tekshirishlar ikkinchi marta qayta bajariladi va natijalar 
solishtirilib koʻriladi. Bir qism namunalar boʻyicha esa dublikatlar 
boshqa turdosh laboratoriyalarga yuboriladi va ularning natijalari ham 
solishtirib koʻriladi. 
Tahlildan oʻtkazish jarayonining ishonchliligini va nuqsonlarini 
aniqlash, tegishli nazorat tadbirlari orqali har oy yoki har chorakda 
oʻtkazilishi shart. Geologik nazorat ichki, tashqi va arbitraj turlarga 
boʻlinadi. 
Ichki nazorat turi – tahlil jarayonida sodir boʻlgan tasodifiy 
nuqsonlarni aniqlash va tahlil uslubining geologiya ishlariga tegishli 
Davlat qoʻmitasi koʻrsatmasiga mosligini aniqlashdan iborat. 


95
Tashqi nazoratda qabul qilingan namunaning ishonchli qismi asosida 
tahlil qilish uslubi boʻyicha dublikatlar asosida nazorat qilish maqsadida 
boshqa laboratoriyada oʻtkaziladi va olingan natijalardan tegishli xulosa 
chiqariladi. Tashqi nazorat jarayonida laboratoriyada sistematik 
nuqsonlar bor yoki yoʻqligi aniqlanadi hamda tahlillar orqali 
ma’danning hamma turlariga (sifati boʻyicha ajratilgan) ma’lumot 
beriladi. Kerakli nazoratlovchi namunaning ichki nazoratdan oʻtgan 
qismlari dublikatlaridan olinadi va boshqa laboratoriyaga shu nazoratni 
oʻtkazishga tahlil usuli yetkaziladi, chunki tashqi nazoratga boshqa usul 
bilan tahlil qilish uchun yuborilishi kerak. 
Arbitraj nazoratining mazmuni: tahlil oʻtkazish jarayonida asosiy 
yoki nazorat ishlarini olib borgan va doimo sistematik nuqsonlar sodir 
boʻlishiga sababli laboratoriyalarni aniqlash; shu nuqsonlar mavjudligi 
sababini aniqlash va ularni yoʻqotish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish; 
sistematik nuqsonlarning salbiy ahamiyatini tasdiqlash va ularning 
ta’sirini 
yumshatish 
maqsadida, 
haqiqatga 
yaqinlashtirish 
raqamlari(koeffitsiyent)ni kiritish va h.k.lardan iborat. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling