Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik tekshirishlar.
Mineralogik tarkibni aniqlash. Ma’danlarning mineral tarkibini
aniqlash usullarini tanlash tekshirish vazifalari, talab qilingan aniqlik va namuna materialining holatiga bogʻliq. Namunalarni mineralogik analiz qilishning toʻliq va qisqartirilgan turlari mavjud. Toʻliq analiz namunadagi hamma minerallarning miqdorini aniqlashni talab qilsa, qisqartirilgan analizda faqat ba’zi minerallarning namunadagi miqdori aniqlanadi. Bu analizlar odatda mikroskop yordamida bajariladi. Mineralogik tekshirish jarayonida ma’danlarning tekstura-strukturaviy xususiyatlari va minerallarning kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Zich va mustahkam ma’danlarni tekshirishda silliqlangan shtuflar, shliflar va anshliflardan foydalaniladi. Sochiluvchan ma’danlarni tekshirishda, ularning tarkibidagi minerallar gravitatsion, flotatsion, magnit yoki elektromagnit separatsiya usullari bilan ajratib olinadi va miqdori aniqlanadi. Minerallarning tarkibini aniqlash uchun monomineral namunalar olinadi, ya’ni tekshirilayotgan mahsulotdan biron bir usul bilan faqat bir mineral zarrachalari ajratib olinadi. Monomineral namunalar ma’dandagi qoʻshimcha komponentlar qaysi mineral bilan bogʻlanganligini aniqlash imkonini beradi. Texnologik tekshirishlar. Texnologik namunalar ma’danlarning tabiiy turlarini, sanoat turlarini, konning boʻlaklarini va butun bir konni ifoda etishi mumkin. Bundan tashqari tekshirishning vazifalaridan kelib chiqqan holda namunalar laboratoriyada tekshiriladigan, yarimzavod sharoitida tekshiriladigan namunalarga boʻlinadi. Ma’danlarning alohida sanoat turlaridan olinadigan texnologik namunalar eng koʻp qoʻllaniladi. Laboratoriya namunalari yangi texnologik tizimlarni ishlab chiqish yoki mavjud texnologik tizimlarda ma’danlarning texnologik xususiyatlarini tekshirib koʻrish uchun qoʻllaniladi. Yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari uzluksiz texnologik jarayon sharoitida ma’danlarning texnologik xususiyatlarini tekshirish va ularni qayta ishlash texnologik koʻrsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. 92 Yarimzavod namunalar faqatgina yangi turdagi mineral xomashyolar oʻzlashtirilayotgan yoki yangi texnologik tizimlar ishga tushirilayotgan sharoitlardagina qoʻllaniladi. Namunalarning massasi mineral xomashyo turiga qarab keng miqyosda oʻzgaradi. Laboratoriya namunalarining massasi oʻnlab- yuzlab kilogrammlarni, yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari massasi tonnalarni, yarimzavod namunalari massasi oʻnlab, hatto minglab tonnalarni tashkil etishi mumkin. Koʻpchilik foydali qazilmalar, ayniqsa ma’danlar qayta ishlash jarayonida boyitiladi. Shuning uchun koʻpincha «mahsulot chiqishi», «mahsulot tarkibi» va «komponentlarning ajratib olinishi» kabi texnologik koʻrsatkichlar aniqlanadi. Har bir konda odatda bir emas, bir necha texnologik namunalar turli ma’danlardan va maydonlardan olinadi. Shuning uchun koʻpincha ma’danlarni boyitish koʻrsatkichlari va ma’dan xususiyatlari orasida munosabatlarga baho berish imkoni tugʻiladi. Mineral xomashyoni texnologik tekshirish razvedka ishlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Ma’danlarni texnologik sinovlardan oʻtqazmay turib, konning sanoat ahamiyatiga toʻgʻri baho berish va pirovardida razvedka ishining asosiy vazifasini bajarish mumkin emas. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling