Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Namuna olish usulini tanlashga ta’sir koʻrsatuvchi omillar
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namunalarni hujjatlashtirish.
Namuna olish usulini tanlashga ta’sir koʻrsatuvchi omillar. Biron
bir konda namuna olish usulini tanlashga ta’sir koʻrsatuvchi omillar shartli ravishda ikki guruhga boʻlinadi: geologik omillar; umumiy omillar. Geologik omillarga quyidagilar kiradi: 1) konning sanoat turi; 2) ma’danlarning elementar va mineralogik tarkibi; 3) ma’dan tanalarining qalinligi va uning oʻzgarishi; 4) ma’dan tanalarining shakli va oʻlchamlari; 5) madan tanalarining ichki tuzilishi; 6) foydali qazilma minerallari zarrachalarining kattaligi; 7) foydali minerallarning fazoviy taqsimlanishdagi notekislik darajasi; 8) ma’danlarning mustahkamligi; Umumiy omillarga quyidagilar kiradi: 1) namunaning ishonchliligi; 86 2) namunalashning vazifasi; 3) ishlarning koʻlami (miqdori); 4) namunalash ishlarini olib borish sharoitlari; 5) namunalash ishlarining dolzarbligi va bu ishlarning lahimlarni qazish davridagi oʻrni. Namunalarni hujjatlashtirish. Olingan namunalar mustahkam xaltaga solinadi va ogʻzi bogʻlanadi. Har bir namuna yorliq va koʻrsatkich bilan ta’minlanadi. Yorliqda namunaning tartib raqami, olingan joyi, olingan kuni va namuna olish uchun mas’ul xodimning familiyasi koʻrsatiladi. Yorliq oʻrov qogʻoziga oʻraladi va namuna solinadigan xaltaga solinadi. Koʻrsatkichga namunaning tartib raqami katta qilib yozib qoʻyiladi va xaltaning ustki qismiga bogʻlanadi. Koʻrsatkich sifatida bir boʻlak taxta yoki kartondan foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda namunaning tartib raqami xaltaning ustiga ham yozib qoʻyilishi mumkin. Kondan olingan hamma namunalar umumiy bir tartibda raqamlanishi kerak. Majburiy ravishda namunalash daftari toʻldiriladi. Bu daftarda konning nomi, kon boʻlagining nomi, togʻ lahimlarining nomi va raqami, namunalar tartib raqami, namunaning xossalari (qisqacha mineralogik ta’rifi) yoziladi. Namuna olingan joy dala daftarchasiga togʻ lahimlarini hujjatlashtirish paytida aniq qilib chizib koʻrsatiladi va shu kuni namunalash daftariga koʻchiriladi. Rasmlarni 1:20-1:25 masshtablarda chiziladi. Rasmlarda ishlatilgan shartli belgilar daftarning birinchi betida beriladi. Namunalashning umumiy yakunlovchi hujjati sifatida namunalash planlari va razvedka kesimlari tuziladi. Bu planlar marksheyderlik asoslarida 1:200, 1:500 (ba’zan 1:100) masshtablarda tuziladi, hamda lahimlarni oʻtish va ularni namunalash jarayoni bilan birgalikda, ma’lumotlarning toʻplanishiga qarab toʻldirib boriladi. Bu planlarda aniq tartibda namunalashning tartib raqami, namuna olingan ma’danning qalinligi (namuna uzunligi), aniqlangan komponentlarning konsentratsiyasi koʻrsatiladi. Agar ba’zi namunalar birlashtirilgan boʻlsa ular planda maxsus belgilar bilan koʻrsatiladi. Togʻ lahimlari zich joylashgan planlarda odatda faqat asosiy komponentning miqdori koʻrsatiladi, qoʻshimcha komponentlarning miqdori shu planning chetida berilgan jadvallarda koʻrsatiladi. Bu jadvalda namunalash haqidagi hamma ma’lumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. 87 Burgʻilash quduqlarini namunalash ishlarini hujjatlashtirish jarayonida burgʻilash jurnalida kern va shlamning batafsil ta’rifi, kern chiqishining foizi, kern va shlamning ogʻirligi koʻrsatiladi. Har bir quduq uchun kesim tuziladi. Bu kesimda quduq konstruksiyasi va geologik ma’lumotlar koʻrsatiladi. Quduqning ma’danli joyida seksiyalar boʻyicha foydali komponentlar konsentratsiyasining oʻzgarish diagrammasi tuziladi. Ma’lum vaqt ichida toʻplangan namunalar roʻyxati tuzilib, bu roʻyxat boʻyicha namunalar maxsus laboratoriyalarga tekshirlish uchun topshiriladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling