Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toʻliq hajmli usul.
Sidirib olish usuli. Bu usulda togʻ lahimlari yoki tabiiy ochilmalar
yuzasida ochilgan foydali qazilma tanasidan bir xil qalinlikda qatlam sidirib olinadi. Sidirib olingan namuna uzunligi 1-2 m, qalinligi 5-10 sm boʻladi. Bunday namunaning ogʻirligi ma’dan tanasining qalinligiga bogʻliq. Bunday namuna olishda asosiy e’tibor sidirib olinadigan qatlamning qalinligi hamma yerda bir xil boʻlishiga qaratilishi kerak. Shuning uchun namuna olishdan oldin joyning yuzasini oldindan tekislab olish tavsiya etiladi (18-rasm). 18-rasm. Togʻ lahimining zaboyidan namuna olish sxemasi (a- sidirib olish usulida; b- nuqtaviy usulda) Katta qalinlikka ega boʻlgan ma’danlardan sidirib namuna olishga va bunday namunalarga ishlov berishga koʻp vaqt va mehnat sarf boʻladi. Shuning uchun bu usulning qoʻllanilishi cheklangandir. Sidirib olish usulini, boshqa usullar yetarli darajada ishonchli ma’lumotlar bermaydigan quyidagi holatlarda: 1) kichik qalinlikdagi tomirsimon ma’dan tanalarini razvedka qilishda, agar foydali komponent notekis va oʻta notekis taqsimlangan 85 boʻlsa; 2) yer osti lahimlarida mayda tomirsimon ma’danlarni namunalashda; 3) yirik oltin zarralari boʻlgan oltin konlarini namunalashda qoʻllash mumkin. Toʻliq hajmli usul. Bu usulda namunaga togʻ lahimlarini qazish vaqtida hosil boʻlgan jinslarning hammasi olinadi. Koʻpincha bunday namunalar yer osti kon lahimlarini qazishda bir yoki bir necha oʻtish sikllaridan chiqqan ma’dan mahsulotlaridan iborat boʻladi. Bu usul ma’danlar tarkibida foydali komponentlar oʻta notekis tarqalgan joylarda, konlar mayda ma’dan tanalaridan tuzilgan boʻlsa, brekchiyasimon va konglomerat teksturali ma’danlarda, namunani tekshirish turiga qarab (masalan slyudalar) turli maxsus sharoitlarda qoʻllaniladi. Bunday namunalarning miqdori 1-1,5 t. dan 2-3t. gacha yetadi. Bunday usul texnologik tekshirishlar uchun eng muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday tekshirishlar uchun koʻp miqdordagi ma’dan namunasi talab etiladi. Bundan tashqari ma’danlarning ba’zi fizik, mexanik va kimyoviy xususiyatlarini (hajmiy ogʻirlik, gʻovaklik, boʻlaklanganlik, maydalanish koeffitsiyenti va hokazolar) tekshirishda faqat shu usuldan foydalaniladi. Texnologik tekshirishlar uchun olingan toʻliq hajmli namunalar ma’danlarning turli navlari fazoda qanday tarqalganligini, ularning zaxiralarini hisobga olgan holda olinadi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling