Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Namunalarga ishlov berish. Texnikasi va sxemasi
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
5.3. Namunalarga ishlov berish. Texnikasi va sxemasi Namunalarga ishlov berishning maqsadi konlarni razvedka qilish jarayonida togʻ lahimlaridan va burgʻilash quduqlaridan olingan namunalarni laboratoriya yoki boshqa tekshirishlarga tayyorlashdir. Bunday tayyorlovning zaruriyati shundaki, namunaga odatda koʻp material (qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi) olinadi. Laboratoriya tekshiruvlarini esa faqat ozgina miqdordagi material bilan olib borish mumkin. Ba’zi hollarda namunalash sharoitlari va vazifalariga qarab namunalarni qoʻshish yoki oldindan «boyitish» ishlarini bajarish zarurati tugʻiladi. Bunday ishlov berishlar odatda namunani olgan geologik tashkilot tomonidan bajariladi. Namunalarni birlashtirish juda koʻp namuna olinadigan (mufassal va ekspluatatsion razvedka) bosqichlarda olib boriladi. Uning asosiy qoidalari: 1) faqat yonma-yon olingan namunalarni birlashtirish mumkin; 2) faqat bir xil materialdan tashkil topgan namunalarni birlashtirish mumkin. Kimyoviy va ba’zan mineralogik tekshirishlar uchun olingan namunalarga ishlov berish kerak. Buning maqsadi tekshirish uchun zarur boʻlgan miqdorgacha namunani qisqartirish va zarur yiriklikkacha maydalashdir. Eng koʻp tarqalgan analizlar uchun zarur boʻlgan namunaning miqdori 50-100 g, ba’zan 200 g ni tashkil qiladi. Spektral analiz uchun 5-20 g, probir analiz uchun 0,5-1kg namuna kerak. Namuna materiali kimyoviy va spektral analizlar uchun kukun holatigacha, mineralogik analizlar uchun 0,1 mm gacha maydalangan boʻlishi kerak. Namunaga ishlov berish jarayoni birin-ketin bajariladigan maydalash, elash, aralashtirish va qisqartirish operatsiyalaridan 89 iboratdir. Bu operatsiyalar ma’lum konlar turlari, xususiyatlariga rioya qilgan holda olib boriladi. Natijada namunaning boshlangʻich xususiyatlari oxirida hosil boʻlgan namuna materialida ishonchli saqlab qolinishi kerak. Richards-Chechett tamoyili va tenglamasi. Amerikalik olim Richards aniqlagan qonuniyatni Rossiyalik olim Chechett tenglama koʻrinishda ifoda etgan. Q= kd 2 Bu yerda: Q – qisqartirilgan namunaning ishonchli massasi, kg; d – eng katta zarrachaning diametri, mm; k – foydali qazilmaning xususiyatlariga bogʻliq boʻlgan ishlov berish koeffitsiyenti (0,05 dan 1,0 gacha). Ishlov berish koeffitsiyenti – k ma’danlarning xossalariga qarab quyidagicha oʻzgaradi: a) komponentlar oʻta tekis va tekis tarqalganda k = 0,05; b) komponentlar notekis tarqalganda k = 0,1; d) komponentlar oʻta notekis tarqalganda k = 0,2 ÷ 0,3; e) nihoyatda notekis tarqalganda k = 0,4 ÷ 0,5; f) oltin zarralari 0,6 mmdan katta boʻlgan oltin konlarida k = 0,8 ÷1,0 Namunaga ishlov berish bir necha bosqichda bajarilishi mumkin. Har bir bosqich yuqorida keltirilgan beshta operatsiyadan iborat boʻladi. Namunani maydalash maxsus mexanizmlar yordamida bajariladi. Yirik, kichik va oʻta kichik zarralargacha maydalovchi maydalagichlar mavjud. Birinchi maydalagichdan oʻtgan namuna tekshiruv elagidan oʻtqaziladi. Keyin aralashtiriladi va mumkin boʻlgan miqdorgacha qisqartiriladi. Qisqartirish mumkin boʻlgan miqdor yuqoridagi tenglamadan har bir bosqich uchun alohida hisoblanadi. Har bir bosqichda tenglamadagi d oʻzgaradi. Shunga asosan namunaga ishlov berish sxemasi tuzib chiqiladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling