Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Namunalarni tahlil qilish usullari
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy tarkibni aniqlash.
5.4. Namunalarni tahlil qilish usullari
Olingan va ishlov berilgan namunalar tahlil qilishga yuboriladi. Tahlil turi foydali qazilmaning xususiyatlariga, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi, tekshirish vazifalari, talab qilinadigan aniqlik darajasi va konning oʻrganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Ba’zan tekshirlishlar geologiya qidiruv partiyalarining oʻzida, boshqalari esa maxsus laboratoriyalarda bajariladi. 90 Kimyoviy tarkibni aniqlash. Kimyoviy tarkibni aniqlash eng keng tarqalgan tekshirish turidir. Tekshirishning talab qilinadigan aniqligi va sezgirligiga qarab spektral, kimyoviy, probir, yadro-fizik va boshqa analizlar qoʻllanilishi mumkin. Bu analizlarning har biri oʻziga xos muammolarni hal qilishga imkon beradi. Spektral analiz konlarni qidirish va razvedka qilish jarayonida keng qoʻllaniladi. Bu analiz yordamida foydali qazilmalarni geokimyoviy usulda qidirish ishlari bajariladi. Razvedka ishlari jarayonida spektral analiz ba’zi bir, ayniqsa qoʻshimcha, komponentlarning juda past miqdordagi konsentratsiyalarini aniqlashga imkon beradi. Ba’zi hollarda kimyoviy va probir analizga yuboriladigan namunalar avval spektral analiz bilan tekshirib koʻriladi. Spektral analiz juda sezgir, arzon, yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga egadir. Bu analiz birdaniga koʻpchilik komponentlarni aniqlashga imkon beradi. Boshqa turdagi analizlardan kamchilik tomoni aniqlik darajasidir. Ayniqsa komponentning miqdori koʻpayganda spektral analiz aniq natija bermaydi. Spektral analiz uchun 1-2 g, namuna kifoyadir. Kimyoviy analiz koʻpchilik ma’dan va noma’dan foydali qazilmalarni tekshirishda asosiy usuldir. Spektral analizga nisbatan uning sezgirligi pastroq, aniqligi esa yuqoriroqdir. Kimyoviy analiz natijalari boʻyicha ma’danlarning chegaralari oʻtqaziladi va undagi foydali komponentlarning zaxiralari hisoblanadi. Kimyoviy analizga yuboriladigan namunalarning massasi 50-100 g, boʻlib aniqlanadigan komponentlarning soniga bogʻliq. Qancha koʻp komponentlarni aniqlash kerak boʻlsa, shuncha koʻp miqdorda namuna kerak. Probir analiz namunadagi asl metallarning (oltin, kumush, platina va platinoidlar) miqdorini aniqlashga moʻljallangan. Bu analiz qimmat turadigan analiz boʻlib, yuqori darajada sezgir va aniq ma’lumotlar beradi. Uning yordamida 0,01 g/t gacha miqdordagi asl metallarni aniqlash mumkin. Analiz uchun 250-500g massali namuna talab qilinadi. Bu analizning qimmatligini hisobga olib, undan oldin namunalarni boshqa arzonroq usul (masalan spektral analiz) bilan tekshirib koʻrish kerak. Yadroviy-fizik usullar zamonaviy usul boʻlib, juda koʻp komponentlarni aniqlashda yuqori darajada sezgirlik va aniqlikni ta’minlaydi. Bu analizlar koʻp mehnat talab qilmaydi, namuna materiali sarf boʻlmaydi va uni qayta ishlatish mumkin, analiz uchun bir necha 91 grammdan 50-200 g.gacha namuna talab qilinadi. Faqatgina bu analiz uchun qimmat turadigan apparatura kerak boʻladi. Mass-spektrometrik analiz zamonaviy analiz turlaridan boʻlib, hozirgi kundagi eng ishonchli usullardan biri sifatida qoʻllaniladi. Bunda namuna tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori ularning atom massalarini tekshirish orqali aniqlanadi. Mass-spektrometrlar namuna tarkibidagi nafaqat kimyoviy element turini, balki ularning izotoplari miqdorini ham aniqlaydi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling