Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-rasm. Shurfni hujjatlashtirish
b) Shurflarni hujjatlashtirish Shurflarni hujjatlashtirishda bajariladigan ishlar va ularning tartibi ariqchalarni hujjatlashtirishdagiga oʻxshashdir. Odatda shurfning foydali qazilma uyumlarining yoʻnalishiga koʻndalang bitta kengroq devori hujjatlashtiriladi. Lekin ba’zan shurfning bitta emas, ikkita kesishuvchi yoki toʻrtta devorining hammasi hujjatlashtirilishi mumkin (14-rasm). Koʻpchilik shurflarning devorlari mahkamlanishi tufayli ularni hujjatlashtirishni qazish jarayonida mayda intervallarga boʻlib olib borish maqsadga muvofiqdir. Shurflar yuqoridan pastga qarab hujjatlashtiriladi. Mayda shurflar koʻpincha toʻliq qazib boʻlingandan keyin hujjatlashtiriladi. Bundan tashqari shurfning tubini hujjatlashtirishga alohida e’tibor beriladi. Shurfning chuqurligi har bir 70 metrga chuqurlashib borganda uning tubi hujjatlashtiriladi. Shurflarni fotosuratlarga olish vaqtida maxsus yoritgich asboblaridan foydalaniladi. 14-rasm. Shurfni hujjatlashtirish (V.I.Biryukov boʻyicha): 1-kaynozoy qatlami; 2-biotitli gneyslar; 3-amfibolli gneyslar; 4-aplit daykasi; 5-pegmatitlar; 6-pegmatitlar (grafik strukturali); 7-kvars-muskovit; 8-biotit; 9-yoriqlar. d) Yer osti kon lahimlarini hujjatlashtirish Vertikal yer osti lahimlarini (shaxtalarni) hujjatlashtirish xuddi shurflarni hujjatlashtirish kabi bajariladi. Gorizontal yer osti lahimlarini hujjatlashtirish bu lahimlarning foydali qazilmaga nisbatan joylashishiga qarab ikki xil usulda bajariladi: 71 1) Foydali qazilma uyumlarini koʻndalangiga kesuvchi lahimlar (kvershlaglar, ortlar, rassechkalar, shtolnyalar). 2) Foydali qazilma uyumlarining yoʻnalish chizigʻiga parallel oʻtuvchi lahimlar (shtreklar, shtolnyalar). Birinchi turdagi lahimlarni hujjatlashtirishda ikkala yon devorlar va shiftning rasmi chiziladi va hujjatlashtiriladi (4-rasm). Ba’zi murakkab uchastkalar alohida masshtabda chizilishi mumkin. Ikkinchi turdagi lahimlar, ya’ni shtreklar va shtolnyalarni, hujjatlashtirishda eng avval lahimlarning old devori (zaboy) lahim chuqurlashgan sari har 2-3 metrda hujjatlashtiriladi. Bundan tashqari foydali qazilma uyumlari va togʻ jinslari qatlamlari gorizontal holatda yoki yotish burchagi kichik boʻlsa, ikki yon devorlari ham hujjatlashtiriladi. Agar foydali qazilma va jinslarning yotish burchagi katta boʻlsa, old devordan tashqari bitta yon devor va lahimning shifti hujjatlashtiriladi (5-rasm). Vertikal va qiya yer osti lahimlarini hujjatlashtirishda foydali qazilma uyumlarining yotish burchagiga qarab yoki lahimning ikki devori yoki bir devori va tubi (har 2-3 metrda) hujjatlashtiriladi. Shuni esda saqlash kerakki, hamma rasmlar ma’lum bir marksheyderlik shahobchalariga aniq bogʻlangan va geografik yoʻnalishlar boʻyicha oriyentirlangan boʻlishi kerak. Rasmlarda namunalar olingan joylar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Rasmlarda keltirilgan tavsiflar iloji boricha qisqa va aniq, iloji boricha rasmlarda koʻrsatilishi qiyin boʻlgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Ma’lum bir intervalni yorituvchi rasm va tavsif mumkin qadar yonma-yon joylashtirilishi kerak. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling