Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

e) Biogeokimyoviy qidirish usuli
Bu usul ma’lum bir foydali qazilma ma’danlari borligi taxmin qilingan 
maydonlarda oʻsimlik shoxlari va ildizlarida tarqalgan kimyoviy 
elementlarning tarqalishini oʻrganishga asoslangan. Buning uchun 
oʻsimliklarning har xil qismi yoqiladi va olingan kullar kimyo va 


61
spektral yoʻl bilan tahlil qilinadi. Agar bizni qiziqtirgan elementlarning 
oʻrtacha miqdori klark miqdoridan ancha yuqori boʻlsa, bu yerda tub 
foydali qazilma ma’danlari borligidan darak beradi. Keyin, qilingan 
tahlillar natijalariga asoslanib, miqdori yuqori boʻlgan elementlarning 
anomaliya maydonlari ajratiladi. 
 
13-rasm. Gidrogeokimyoviy qidirish xaritasi 
1- toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlari; 2- yuqoriboʻr davri ohaktoshlari; 3- 
qumtosh-slanesli yotqiziqlar (devon); 4- tarkibida koʻmir-gilli va chaqmoqtoshli 
slaneslarning qalin qatlamlari boʻlgan diabaz-fillitsimon formatsiya yotqiziqlari 
(ordovik); 5- qumtosh, alevrolit va argillitlardan tashkil topgan yotqiziqlar 
(proterozoy); 6- mezozoy intruziyalari (granosiyenitlar); 7- uzilmalar; 8- 
gidrokimyoviy namunalarning olingan joyi va tartib raqami. 


62
Foydali komponentlarning miqdori oʻsimliklarning turli qismlarida 
(shoxlar, barglar va ildizlarida) har xil boʻlishi mumkinligini inobatga 
olish zarur.
Biogeokimyoviy oreollarni oʻrganish natijasida kerakli ma’lumotlar 
olish va ularni foydali qazilmalarni izlash jarayonida unumli qoʻllash 
oʻrmonzorlar rivojlangan mamlakatlarning (Kanada, Rossiya, Yevropa, 
MDH) geolog-tadqiqotchilari ishlarida yetarli darajada yoritilgan.
4.4. Geofizik qidirish usullari 
 
Foydali qazilmalarni qidirishning geofizika usullari foydali qazilma 
va yondosh togʻ jinslarining fizik xossa hamda xususiyatlarining har xil 
boʻlishiga asoslangan. 
Masalan, foydali qazilmalar magnit xossaga ega boʻlishi (temir 
ma’dani), elektr tokini yaxshi oʻtqazishi (polimetal ma’danlari), 
mustaqil elektron maydonlarini hosil qilishi mumkin. Foydali 
qazilmalarning katta zichlikda toʻplanishi natijasida ogʻirlik kuchi tezligi 
oshadi, kichik zichliklarda esa kamayadi. Shuningdek, ayrim ma’dan 
uyumlari portlash toʻlqinlarining oʻtish tezligiga ham ta’sir qiladi, 
hatto bu toʻlqinlarni qaytaradi. Shunday qilib, ma’dan uyumlari 
joylashgan joyda geofizik anomaliyalar paydo boʻladi. Ular odatdagi 
normal fizik xossalardan farq qiladi. Bunday foydali qazilmalarni 
qidirish va razvedka qilishning geofizika usullari ma’lum. Bularga 
magnitometriya, 
radiometriya, 
gravimetriya, 
elektrometriya 
va 
seysmometriya usullarini koʻrsatish mumkin.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling