Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

e) Elektrometriya usuli
Bu usul yordamida togʻ jinsi va ma’danlarining har kil elektr 
xususiyatlari 
oʻrganiladi. Izlanish jarayonida massa qarshiligi, 
oʻtkazuvchanligi, elektr maydonlarining kattaligi oʻlchanadi. Bu usul 
sulfidli polimetall va kolchedan konlarini qidirish va razvedka qilishda, 
pegmatitlarni, kvars tomirlari, daykalarni qidirishda, xaritalash 
jarayonida magmatik jinslar, boʻshoq yotqiziq va suvli gorizontlarning 
qalinligini aniqlashda qoʻllaniladi. 
f) Seysmometriya usuli 
Bu usul burgʻilash quduqlarida maxsus portlatish yoʻli bilan hosil 
qilingan koʻndalang va boʻylama toʻlqinlarning Yer qobigʻidagi tarqalishi 
tezligini oʻrganishga va bu toʻlqinlarni qaytaruvchi tekisliklarni aniqlashga 
asoslangan. Bu qaytaruvchi tekisliklar turli fizik xususiyatlarga ega 
boʻlgan togʻ jinslaridir. 
Togʻ jinslaridagi toʻlqinlarning tarqalishi tezligi togʻ jinsining fizik 
xossalariga, yotish chuqurligiga bogʻliq. Masalan, magma jinslarda 
toʻlqinning tarqalish tezligi koʻproq, karbonat va qumtosh-gilli jinslarda 
kamroq, boʻshoq jinslarda esa juda kam boʻladi. Seysmik toʻlqinlar 
jinslarning toʻlqin tarqatish tezligi farqlanuvchi chegaralaridan yaxshiroq 
qaytadi va bu chegaralar seysmogrammalarda yaxshi koʻrinadi. Seysmik 
tebranishlar seysmik stansiyalar yordamida aniqlanadi. Natijada 
chuqurlikdagi burmalangan va uzilgan strukturalar aniqlanadi. 
 
 


64
4.5. Qidirish va razvedka qilishning texnik vositalari 
 
FQKlarini qidirish va razvedka qilishda turli texnik vositalardan 
foydalaniladi.
Texnik vosita – geologik ma’lumotlarni toʻplash uchun imkoniyat 
yaratib beruvchi kon lahimlari va burgʻilash quduqlari. Ularning 
vazifasi – tub jinslar va foydali qazilmaning iloji boricha kamroq 
oʻzgargan qismlarini ochib berish. 
Bunday texnik vositalarga quyidagilar kiradi: zakopushka 
(kavlama yoki chuqurcha), kanava (ariq yoki zovur), raschistka 
(tozalamalar), shurf (quduq koʻrinishidagi kon lahimi), burgʻilash 
qudugʻi, shtolnya, shaxta, kvershlag, shtrek, ort, rassechka (koʻndalang 
kesuvchi kon lahimi). 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling