Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

a) Magnitometriya usuli
Bu usul magnitometrlar yordamida magnit maydonlarini oʻlchashga 
asoslangan. Bu usul oʻz tarkibida magnetit, titano-magnetit, gematit va 
pirrotin boʻlgan magnitlashgan togʻ jinslarini qidirishda yaxshi natija 
beradi. 
Magnitometriya usuli bilan yaxshi aniqlanadigan uzilma zonalarida
intruziv jins yonlarida joylashgan magnitlashgan temir ma’danlarini, 
rangli va nodir metallarni qidirishda aeromagnitometriya usulidan 
foydalaniladi. 
b) Radiometriya usuli
Bu 
usul 
tabiiy 
yotqiziqlarning 
radioaktivligini 
aniqlashga 
asoslangan. Gamma-nurlanishning aktivligini gamma usuli bilan 
aniqlanadi. Bu usullar yer usti marshrut qidirishida va aerotasvirlashda 
foydalaniladi. Har xil gamma usullarning xususiyatlariga qarab 


63
burgʻilash quduqlarida olib boriladigan kartaj ishlarining radiometriya 
sistemasi ishlab chiqilgan. 
d) Gravimetriya usuli
Bu usul ma’danlar va ularni qamrovchi togʻ jinslarining mineral 
tarkibiga va gʻovakligiga bogʻliq boʻlgan, har xil zichlikdagi togʻ jinslari 
anomaliyasining yer yuzidagi tortilish kuchi maydonlarini oʻrganishga 
asoslangan. Boʻshoq jinslarning (qum, tuproq) va toshkoʻmirning zichligi 
2g/sm
3
atrofida; kvars, dala shpatlari, slyudalar va boksitning zichligi 2,5-
g/sm
3
atrofida; temir va marganes karbonati, flyuoritning zichligi 3-
4g/sm
3
ga yaqin. Tarkibida yuqoridagi keltirilgan minerallar ishtirok 
etgan togʻ jinslari mos ravishda turlicha zichlikka ega boʻladilar. Zichlik 
gravimetriya yoʻli bilan aniqlanadi. Bu usul orqali neft va gaz 
toʻplanadigan strukturalarni aniqlash mumkin. Shuningdek bu usuldan 
temir va xromit konlarini, mis-nikel ma’danlarini, tuz va koʻmir konlarini 
qidirishda ham keng foydalaniladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling