Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


a) Litogeokimyoviy qidirish usuli


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

a) Litogeokimyoviy qidirish usuli
Bu usul tub togʻ jinsi turlaridan, boʻshoq yotqiziqlardan muntazam 
ravishda namuna olishga va ularda tarqalgan mikroelementlarni 
aniqlashga asoslangan. 
Namunalashni toʻrtta guruhga boʻlish mumkin. 
a) ikkilamchi yoyilish oreolini aniqlash maqsadida delyuvial va 
elyuvial yotqiziqlarni, tuproqlarni namunalash
b) mexanik va toshqin oqimining yoyilish elementini aniqlash uchun 
daryo va jarliklardagi allyuvial va prolyuvial yotqiziqlarni namunalash; 
d) elementlarning chuqurlikdagi yoyilish oreolini aniqlash uchun 
qoplama yotqiziqlarni namunalash; 
e) birlamchi geokimyoviy oreollarni aniqlash uchun har xil darajada 
nuragan tub togʻ jinslarini namunalash. 
Litokimyoviy qidirish jarayonida oʻrganilayotgan maydonlardan 
ma’lum oraliq boʻyicha namunalar olinadi. 


57
Namunalash oraliqlarining zichligi qidirish masshtabiga mos keladi. 
Qidirish ishlarining natijalariga qarab har xil jadvallar, kesimlar, 
elementlarning tarqalish geokimyoviy xaritasi tuziladi. 
Birlamchi oreollar singenetik va epigenetik turlarga ajratiladi 
(foydali qazilma konlarining genezisiga asoslanib). 
Singenetik tur birlamchi oreollar choʻkindi va vulkonogen-choʻkindi 
(stratiform) genezisli konlar bilan bogʻliq. Ular foydali qazilma va 
oʻzlashtiruvchi togʻ jinslari bir jarayon natijasida va yaqin vaqtda 
vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻladi. Shuning bilan oreollarda kimyoviy 
elementlar tarqalishi va yigʻilishi ma’dan tanalariga yaqinlashgan sari 
koʻpayadi (zichlanadi).
Epigenetik oreollar ilgari vujudga kelgan ma’dan qamrovchi 
jinslardagi turli jarayonlar natijasida hosil boʻladi va ular tanalarning 
davomi sifatida qabul qilinadi. Epigenetik oreollar diffuzion va 
infiltratsion turlarga boʻlinadi. 
Epigenetik birlamchi oreollar ma’dan tanalari bilan bir strukturaga 
bogʻliq boʻladi, ya’ni qamrovchi jinslarga yoriqliklar boʻyicha kesib 
oʻtgan holda vujudga keladi. 
Umuman olganda, oreollardagi elementlarning miqdori ma’dan 
tanalari bilan solishtirganda foizi kamroq boʻladi. Yuqorida 
tasdiqlanganidek, birlamchi oreollar ma’dan tanalarini oʻrab olgandek 
boʻlib, ular ma’dan tanalarining davomi hisoblanib, ularning chegarasi 
anchagina sun’iydir. Chunki chegara foydali komponent miqdoriga va 
boshqa ma’dan xususiyatiga asoslanib oʻtkazilib, avvalombor sanoat 
talablariga, dunyo bozoridagi turli metallarning narxiga (ma’lum vaqtda) 
va shu elementlarga davlatning muhtojligiga asoslangan boʻladi. 
Birlamchi oreollarda elementlarning vujudga kelishi turlicha shakllarda 
boʻlishi mumkin. Koʻpincha oreollardagi elementlar ma’dandagi 
birikmalar(minerallar) koʻrinishida boʻladi. Ba’zan qamrovchi togʻ 
jinslari minerallarida izomorf qoʻshimcha tarzida uchrashi mumkin. 
Undan tashqari, oreol tashkil etuvchi elementlar ma’dan tanasi 
atrofidagi jinslarning gʻovaklaridagi suyuqliklar tarkibida ham uchrashi 
mumkin. Birlamchi oreollarning tarkibiga kiradigan elementlarning 
miqdori chuqurlikka (yer yuzasiga nisbatan) va maydon boʻyicha 
oʻzgaradi. Ya’ni ma’danli hududning har xil qismlari ularning sifati 
boʻyicha, tarqalish doirasi boʻyicha, foydali qazilmaning koʻrsatkichlari 
(miqdori, tanalarning qalinligi, qazib olish holati) asosida ajralishi 
mumkin. 


58

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling