Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

d) Shlixlash usuli 
Shlixlash usuli togʻ etaklarida, soylarda, suvaygʻichlarda tarqalgan 
allyuvial, delyuvial va ellyuvial yotqiziqlaridan namunalar olishga va 
ularni laboratoriya yoʻli bilan tahlil qilishga asoslangan. 
Ma’danli maydonlarda tarqalgan chaqiq yotqiziqlarni shlixlash 
ikki muammoni hal qiladi: 
- birinchidan, litogeokimyoviy namunalash yoʻli bilan ma’dan 
minerallarining mexanik yoyilish oreollarini aniqlaydi; 
- ikkinchidan, chaqiq yotqiziqlardagi sanoatga yaroqli sochilma 
foydali qazilmalarini topishda vosita sifatida foydalaniladi. 
Shlixlash usuli har xil masshtabli geologik tasvirlashning tarkibiy 
qismiga kiradi. Ayrim hollarda shlixlash usuli keng hududlarda 
mustaqil ravishda oʻtkazilishi mumkin. Shlixlashning uch turi; 
a)marshrutli, b)maydonli, d)mukammal shlixlash usullari mavjud. 
Marshrutli shlixlash asosan masshtabi 1:1000000, 1:500000 boʻlgan 
geologik tasvirlashda, maydonli shlixlash esa masshtabi 1:200000 va 
undan yirikroq geologik tasvirlashda qoʻllaniladi. Bunday shlixlash 
jarayonida shlixda foydali qazilma minerallari koʻp uchrasa, mukammal 
shlixlash ishlari tashkil qilinadi. Bunday hollarda shlixlash ishlarining 
sharoit talab qilgan jarayonida quyidagi asosiy vazifalar: 
- sochilma konlarni qidirish; 
- tub konlarni qidirish; 
- ma’dan tanasini namunalash; 
- istiqbolli maydonlarni ajratish uchun hududning umumiy 
metallogenik va mineralogik xususiyatlarini oʻrganish; 
- sochilma konlarini namunalash; 
- har xil geologik va ma’dan majmualariga xos boʻlgan xarakterli 
ogʻir minerallar assotsiatsiyasini aniqlash bajariladi. 
Shlix namunalarini olish. Shlix namunalari asosan ogʻir mineral 
fraksiyalari toʻplanadigan joylardan olinadi. Namuna olish uchun eng 
qulay joy tub togʻ jinsi ustiga joylashgan kichik qalinlikdagi allyuvial 
yotqiziqlar hisoblanadi. Shuningdek shlix namunalari daryo, quruq soy 
va ularning tarmoqlaridan, oʻzanlardan olinadi. 
Undan tashqari tub togʻ jinslaridan namunalar olinib, boʻlaklarining 
kattaligi 0,2-0,6 mm qilib maydalanib sun’iy shlix tayyorlanadi. 
Olinadigan shlix namunasining soni va toʻr zichligi qidirshning 
mukammalligiga bogʻliq. Masalan: 100km
2
maydondan 100ga yaqin 
namuna olinishi mumkin. Shlix namunalarini olish nuqtalarining oraligʻi 
asa 500-2000m ni tashkil qiladi. Shlix namunasi asosan maxsus qazilgan 


54
oʻrachadan olinadi. Oʻrachaning chuqurligi 0,2 dan 1,5mgacha boʻlishi 
mumkin. Shlix namunasining ogʻirligi 30-50kg.ni tashkil qiladi. Olingan 
hamma 
shlix 
namunalari 
hujjatlashtirilib, 
dala 
daftarida 
rasmiylashtiriladi. Dala daftarida shlix namunasining tartibi, olingan 
joyi, togʻ jinslarining genetik turi, qisqa ta’rifi, olingan chuqurligi, shlix 
namunasining hajmi, shlix massasi koʻrsatiladi. 
Shlix namunalarini yuvish. Olingan shlix namunasi tarkibidagi 
mineral konsentratlarini aniqlash maqsadida yuviladi. Yuvilgan shlix 
namunasidan 10-15g qoldiq qoladi. Buning uchun 30-50kg boʻshoq 
jinslar yuvilishi talab qilinadi. Shlix namunalarini yuvish
sigʻimi 0,005-
0,01m
3
boʻlgan maxsus tovoq(lotok)da amalga oshiriladi. Yuvish 
jarayoni 3 bosqichda olib boriladi. 
Birinchi bosqichda lotokga solingan shlix namunasi suvga 
choʻktirilib maxsus asbobda yoki qoʻlda shalabbo qilinadi. Natijada gilli 
zarrachalar hoʻllanadi va lotokdan suv bilan birga chiqib ketadi. Shu 
vaqtning oʻzida lotokdagi katta tosh boʻlaklari va shagʻallar qoʻl bilan 
terilib tashlanadi. 
Ikkinchi bosqichda qum fraksiyalaridan tozalanadi. Keyin lotokdagi 
qolgan shlix namuna materiallarini yuvish davom ettiriladi. Natijada 
ogʻir fraksiya minerallari lotok tagiga va yengil mineral donalari esa 
namuna ustida joylashadi. Keyin lotok asta-sekin suvga choʻktiriladi va 
natijada yengil fraksiya minerallari yuvilib ketadi hamda ogʻir fraksiya 
minerallari saqlanib qoladi. Lotokdagi namuna qora shlix qolgunicha 
yuviladi. 
Uchinchi bosqichda shlix namunalari yuvilib, qolgan yengil 
materiallardan tozalanib me’yoriga yetkaziladi. Natijada lotok tagida 
kulrang shlix qoldiqlari qoladi. Keyin, qolgan shlix quyoshda yoki past 
olovda quritiladi. Shlixni kuchli olovda quritish man qilinadi. Chunki 
sulfidlar kuyib, ayrim minerallar uchuvchanligi tufayli parchalanib 
ketishi mumkin. 
Shunday qilib yuvilgan shlix qoldiqlari lupa orqali koʻzdan kechirilib 
minerallar oʻrganiladi. Mukammal tahlil qilish laboratoriya sharoitida 
olib boriladi. 
Shlixlarda kuzatilgan minerallarning miqdori boʻyicha olingan 
natijalar asosida shlixlash xaritalari tuziladi. Bu natijalarni tahlil qilish 
orqali kelajak qidiruv ishlarining yoʻnalishlari belgilab olinadi (10-
rasm). 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling