Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 


3
Soʻzboshi
 
Ushbu ma’ruzalar matni Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida yozilgan boʻlib, muallifning 
oxirgi 20 yil davomida 5311700 - “Foydali qazilmalar geologiyasi, 
qidiruv va razvedkasi (qattiq qazilmalar)” ta’lim yoʻnalishi talabalari 
uchun oʻqigan ma’ruzalari toʻplamidan iborat. Chop etilgunga qadar, 
oxirgi 6 yil davomida talabalarga ma’ruzalar matnining elektron varianti 
tarqatilar edi.
Ma’ruzalar matni foydali qazilmalarni qidirish va razvedka qilish 
fani dasturini toʻliq qamrab olgan oʻzbek tilidagi birinchi qoʻllanmadir. 
Shu kungacha chop etilgan qoʻllanmalar dasturning barcha boʻlimlarini 
toʻliq yoritib bermagan edi. Barcha mavzular yettita modulga jamlangan. 
Birinchi modulda foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka 
qilishning nazariy asoslari haqida umumiy tushunchalar berilgan. 
Ikkinchi modul foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning 
geologik asoslariga bagʻishlangan boʻlib, asosiy e’tibor qidirish 
mezonlariga qaratilgan. Uchinchi modulda foydali qazilma konlarini 
qidirish belgilari yoritilgan. Foydali qazilma konlarini qidirish va 
razvedka qilish usullariga bagʻishlangan mavzular toʻrtinchi modulga 
jamlangan. Beshinchi modul foydali qazilmalarni namunalash boʻyicha 
beshta mavzudan iborat. Oltinchi va yettinchi modullarda foydali 
qazilma konlarini razvedka qilish va ularni geologik-iqtisodiy baholash 
boʻyicha mavzular yoritilgan. Geologiya sohasi amaliyotida hozirgi 
kunlarda ham loyihalar va hisobotlar yozish hamda ish yuritish rus tilida 
olib borilayotganini hisobga olib, asosiy atamalar “qidirish” va 
“razvedka” koʻrinishida qoʻllanildi.
Kelajakda ma’ruzalar matni asosida fan boʻyicha oʻquv qoʻllanmasi 
va darslik tayyorlash rejalashtirilgan. Shuning uchun muallif ma’ruza 
matnlari bilan tanishgan mutaxassislarning fikr va mulohazalarini 
mamnunlik bilan koʻrib chiqish uchun ularni 
mmirusmanov@mail.ru
 
elektron manziliga murojaat etishlarini kutib qoladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling