Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


«Geologik», «iqtisodiy» va «geologik-iqtisodiy» tushunchalarning


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

«Geologik», «iqtisodiy» va «geologik-iqtisodiy» tushunchalarning 
farqlari. FQKlarini qidirish va razvedka qilishning iqtisodiy asoslari 
Qidirish va razvedka qilish avvalambor «foydali qazilma»ni «boʻsh 
jins»dan ajratishni oʻrganishdan boshlanadi. Bu ikki tushuncha 
geologik-iqtisodiy kategoriyalar (tushunchalardir). Bularning ikkalasi 
ham aslida togʻ jinsidir. Togʻ jinsi esa bu – geologik tushuncha. 
Toza iqtisodiy tushunchalarga «xomashyo», «kapital qoʻyilma», 
«rentabellik» kabi tushunchalar kiradi. 
Qidirish va razvedka qilish jarayonida kon boʻyicha toʻplanadigan 
ma’lumotlarning koʻpchiligi «geologik-iqtisodiy» tushunchalar sirasiga 
kiradi. Chunki har bir kon oʻziga xos geologik-sanoatbop parametrlarga 
(GSP) ega. Bunday parametrlar: yotish sharoitlari va chuqurligi; ma’dan 
tanalari va ochiladigan jinslarning qalinligi; ma’dansiz qatlamlarning 
qalinligi va holati; mineralogik tarkibi, foydali va zararli komponentlar 
miqdori; ma’danlar va qamrovchi jinslarning turgʻunligi; suv kelish 
miqdori va h.k. 
Muayyan kondagi konkret GSPlar yigʻindisi konning umumiy 
iqtisodiy koʻrsatkichlarini belgilab beradi. 
Sanoat uchun konlarni texnik jihatdan imkoniyatli va iqtisodiy 
jihatdan manfaatli oʻzlashtirishni ta’minlovchi GSPlarning chegaraviy 
miqdorlari (konditsiyalari)ni bilish muhimdir. 
Pirovard natijada ana shu GSP boʻyicha foydali qazilma 
chegaralanib uning zaxirasi hisoblanadi. 
Konlarning iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha tasniflanishi 
Konlarning 
iqtisodiy 
koʻrsatkichlar 
boʻyicha 
tasniflanishida 
tasniflovchi belgi sifatida turli GSPlarning koʻrsatkichlari qoʻllanilishi 
mumkin. Bular orasida eng asosiylari quyidagilardir: 
I. 
Foydali qazilma uyumlarining qalinligi. 
II. 
Foydali qazilma sifati. 
III. 
Foydali qazilmaning yotish sharoitlari. 
IV. 
Qamrovchi jinslar kesimining barqarorligi. 
V. 
Konni qazib olish sharoitlari. 
VI. 
Foydali qazilma uyumlari tarkibining barqarorligi. 
VII. Konning kattaligi. 
VIII. Konning geologik-sanoat turi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling