8
Lekin tabiatda toʻlaligicha kuzatish uchun «ochiq», «imkon
beruvchi» obyektlar deyarli yoʻq. Bundan tashqari hamma qismi bir xil
boʻlgan konlar ham yoʻq. Shuning
uchun bir nuqtadan olingan
ma’lumotni boshqa nuqtaga xar doim ham tatbiq etib boʻlmaydi. Sanoat
uchun esa, oʻrtacha (butun kon boʻyicha) ma’lumotlardan tashqari,
ularning oʻzgarish qonuniyatlari va yoʻnalishlarini ham bilish zarur.
Qidirish va razvedka qilish obyektlari. Geologiya qidiruv ishlari
turli masshtabdagi obyektlarda olib boriladi.
Bu obyektlarning
barchasida ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli foydali qazilma
borligi ularning asosiy belgisidir. Bunday obyektlarga: minerallashgan
nuqta; ma’dan
namoyoni; foydali qazilma koni; ma’danli maydon;
ma’danli provintsiya va boshqalar kiradi.
Foydali qazilma – hozirgi paytdagi iqtisodiy,
texnik va texnologik
sharoitlar nuqtai nazaridan xalq xoʻjaligining biron sohasida ishlatishga
arziydigan mineral modda.
Do'stlaringiz bilan baham: