Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Qidirishning geologik asoslari boʻlib
qidirish mezonlari va qidirish 
belgilari xizmat qiladi. 


16
Foydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini 
koʻrsatuvchi har qanday geologik bilimlar qidirish mezonlari hisoblanadi. 
Foydali qazilma borligidan yoki bor boʻlishi mumkinligidan darak 
beruvchi dalillar - qidirish belgilari deyiladi 
Barcha foydali qazilma konlarini Yer qobigʻining shu foydali qazilma 
joylashgan qismida sodir boʻlgan turli geologik jarayonlar natijasida paydo 
boʻlgan geologik jismlar deb koʻrib chiqish mumkin. Bu konlarning paydo 
boʻlish va joylashish qonuniyatlarini turli geologik fanlar tushuntirib 
beradi. Umumiy geologiya Yer qobigʻida sodir boʻladigan jarayonlar
ularning xususiyatlarini, bu jarayonlarning tasniflanishi tushuntirib beradi. 
Tarixiy geologiya stratigrafiya asoslarini, paleontologiya va jarayonlarning 
yoshini aniqlash masalalarini tushuntirib beradi. Mineralogiya fani Yer 
qobigʻida kimyoviy elementlarning mavjud boʻlish shakllarini, ya’ni 
minerallarning turlari, xususiyatlari, hosil boʻlish sharoitlarini va ishlatilish 
sohalarini oʻrgatadi. Petrografiya fani esa turli minerallarning 
majmualaridan tashkil topgan togʻ jinslarini oʻrgatadi. Turli togʻ jinslari 
turli sharoitlarda paydo boʻlib, turli xususiyatlarga ega boʻladilar va turli 
foydali qazilmalarni oʻz tarkibida saqlashlari mumkin. Foydali qazilmalar 
geologiyasi fani qidirish va razvedka qilish uchun mezonlarni tanlashda 
eng katta ahamiyatga ega boʻlgan fan hisoblanadi. Bu fan turli genetik va 
sanoat turlarga mansub konlarning hosil boʻlish sharoitlarini tushuntirib 
berish orqali qidirish mezonlarining asosini ta’minlab beradi. 
Konlarning hosil boʻlishida yer osti suvlarining roli katta ekanligini 
hisobga olgan xolda qidirish mezonlarini oʻrganishda gidrogeologiya 
fanining ahamiyati ham yaqqol namoyon boʻladi. Ba’zi konlar uchun bu 
fan bilimlari asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi. Masalan uran konlarining 
qumtoshli-infiltratsion turlari yer osti suvlarining faoliyati bilan 
chambarchas bogʻliqligi tufayli gidrogeologik mezon asosiy rol oʻynaydi. 
Geofizika, geomorfologiya, geotektonika va boshqa fanlar foydali 
qazilma konlarining paydo boʻlishida bu jarayonning ba’zi tomonlarini 
tushuntirib berishi tufayli qidirish mezonlarining mos turlarini ajratish 
qoʻllash imkoniyatini yaratadi. 
Demak 
tabiatdagi 
turli 
geologik 
obyektlarning 
turli-tuman 
xususiyatlarini oʻrganadigan geologik fanlar turli qidirish mezonlarini 
ishlab chiqishga yordam beradi.
Amalda geologik bilimlarni jamlovchi turli geologik fanlarga mos 
tarzda quyidagi qidirish mezonlarini ajratish mumkin: iqlim, 
stratigrafiya, fatsial-litologiya, magmatogen, struktura-tektonik, mineral-


17
geokimyoviy, metamorfogen, geomorfologik, gidgogeologik, geofizik va 
boshqa mezonlarni ajratish mumkin. 
Ba’zi mezonlar butun Yer qobigʻida amal qiladi, ba’zilari esa faqat 
muayyan hududlarda amal qilishi mumkin. Har xil genetik turlarga 
mansub konlarning joylashishini tushuntirib berishda turli mezonlarning 
ahamiyati turlicha boʻlishi mumkin. 
Qidirish belgilari esa daliliy ma’lumotlar boʻlgani uchun aslida 
bizning nazariy bilimlarimizga bogʻliq emasdir. Ya’ni, belgi bu daliliy 
topilmadir. Topilma biz kutgan, ya’ni nazariy bashortalangan joyda va 
koʻrinishda yoki biz kutmagan joydan va biz kutmagan koʻrinishda topilib 
qolishi mumkin. Shunisi bilan mezonlar va belgilar bir-biridan farq qiladi. 
Ba’zi belgilarning koʻp marta kuzatilishi, ularning ilmiy jihatdan 
tushuntirib berilishi va belgining topilishi tasodifiy emas, balki ma’lum 
darajada qonuniyatga boʻysunishi aniqlansa, bu belgi keyinchalik mezon 
sifatida ishlatilishi mumkin. 
Demak mezonlar bilan belgilarning farqlanishi shartli ravishda 
bajarilar ekan. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling