Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


FQKlarini qidirish mezonlari klassifikatsiyasi


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

2.2. FQKlarini qidirish mezonlari klassifikatsiyasi.
Iqlim va stratigrafiya mezonlari 
Avvalgi boʻlimda koʻrilganidek qidirish mezonlari quyidagicha 
tasniflanadi: 
- Iqlim mezoni; 
- Stratigrafiya mezoni; 
- Fatsial-litologiya mezoni; 
- Magmatogen mezon; 
- Strukturaviy-tektonik mezon
- Mineral-geokimyoviy mezon; 
- Metamorfogen mezon; 
- Geomorfologiya mezon; 
- Gidrogeologik mezon; 
- Geofizika mezoni
- Boshqa mezonlar.
 
Iqlim mezoni 
Iqlim mezoni iqlim sharoiti bilan mineral paydo boʻlishi 
jarayonlarining bogʻliqligini koʻrsatadi. Albatta iqlim sharoiti faqatgina 
yer yuzasida sodir boʻlayotgan jarayonlargagina ta’sir koʻrsata oladi. 


18
Demak bu mezon bilan yer yuzasida yoki katta boʻlmagan 
chuqurliklarda sodir boʻladigan jarayonlar natijasida paydo boʻladigan 
konlarni qidirishimiz mumkin ekan. Shuningdek, katta maydonlarda 
choʻkindi paydo boʻlish bilan choʻkindi toʻplanishi sharoitlari aniqlanadi. 
Nam iqlimli rayonlar oltin, platina, olmos va ayrim ogʻir metall 
sochilma konlari, boksit, kaolin, temir, marganes ma’danlari, koʻmir 
konlarining paydo boʻlishi uchun juda qulay sharoit hisoblanadi.
Quruq iqlimli rayonlarda esa choʻkindi mis ma’danlari, qoʻrgʻoshin, 
rux, gips, galit, kaliyli tuzlar, flyuorit, boratlar, bromidlar paydo 
boʻladi deb taxmin qilish mumkin. 
Biz oddiy koʻz bilan Kaspiy qirgʻoqlarida oʻziga xos sharoitda 
sanoatbop miqdorda dengiz suvidan choʻkkan mirabilit paydo boʻlishini 
kuzatishimiz mumkin. 
 
Stratigrafiya mezoni 
Shu oʻrinda “stratigrafiya” atamasining ma’nosini eslatib oʻtish 
oʻrinlidir. Bu atama ikkita lotincha soʻz “stratos” – qatlam va “grafos” – 
yozaman 
yoki 
tasvirlayman 
tushunchalaridan 
tuzilgan 
boʻlib, 
qatlamlarni ta’riflash sohasi sifatida tushuniladi. 
Bu mezonning mazmuni shundan iboratki, muayyan hududlarda 
ma’lum bir foydali qazilmalarning ma’lum bir stratigrafik qatlamlarda 
joylashish qonuniyati mavjud. Bu qonuniyatlardan biz stratigrafik 
mezon sifatida foydalanishimiz mumkin. Koʻpchilik hollarda bunday 
qonuniyatlar hududiy xarakterga egadir, ya’ni bu qonuniyatlar faqatgina 
ma’lum hududlar chegarasida amal qiladi. Demak bu mezondan 
foydalanishimiz hududiy jihatdan chegaralangan boʻladi. 
Bu mezon choʻkindi va nurash zonasi (qoldiq) konlarini qidirish va 
bashoratlash uchun muhim ahamiyatga egadir. Endogen konlar uchun 
ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻlib, konlar joylashish uchun qulay 
gorizontlarda toʻplanganda, ba’zi stratigrafik qatlamlarning ekran 
vazifasini bajarishi va shunga oʻxshash hollarda amal qiladi. 
Qamrovchi jinslar bilan singenetik (bir vaqtda hosil boʻlgan) 
boʻlmagan hollarda stratigrafik mezonning ahamiyati yanada ham 
kamayib ketadi.
Stratigrafik mezon koʻmir, yonuvchi slanes, galogenid tuzlar, 
fosforit, temir, marganes, alyuminiy kabi choʻkindi konlarni qidirish 
va bashoratlash uchun katta ahamiyatga ega. Bu konlarning paydo 
boʻlishi choʻkindi toʻplanishi bilan bir vaqtda sodir boʻladi. Demak, 
ular ma’lum bir stratigrafik qatlam bilan genetik bogʻliq . 


19
Koʻpgina foydali qazilmalarning paydo boʻlish tarixini oʻrganish 
orqali Yer poʻstining vujudga kelish jarayonida ular uchun juda qulay 
davrlar aniqlangan. Masalan: temir zaxirasining 90% dan ortigʻi 
dokembriy davrida sodir boʻlgan jarayonlar bilan bogʻliq. Demak ularni 
dokembriy davri yotqiziqlarida qidirish lozim.
Koʻmir qatlamlarining toʻplanishi toshkoʻmir, perm, yura, paleogen 
davrlariga toʻgʻri keladi. Masalan, Kuzbass hududida (Rossiya 
Federatsiyasi) toshkoʻmir faqat Perm davri yotqiziqlari bilan bogʻliq. 
Markaziy Osiyoda sanoatga yaroqli toshkoʻmir konlari yura davri 
yotqiziqlarida uchraydi. Yevropa qit’asidagi toshkoʻmir konlari esa 
toshkoʻmir davri yotqiziqlarida joylashadi. Bu yotqiziqlar hosil boʻlgan 
davrni toshkoʻmir davri deb atalishining sababi ham aynan shu 
yotqiziqlarda juda koʻp koʻmir qatlamlari topilganidadir. 
Ayrim choʻkindi konlarning paydo boʻlishida choʻkindi toʻplanishida 
sodir boʻladigan tanaffusning oʻrni juda katta. Masalan, Uralning 
sharqiy-yonbagʻrida tarqalgan boksitlar va ayrim fosforit, oltin sochilma 
konlari transgressiya zaminiga joylashgan. Ayrim epigenetik konlar 
ma’lum stratigrafiya qismlari bilan bogʻliq. Sanoatga yaroqli slyudali 
pegmatitlar eng qadimiy qatlamlarda tarqalgan. 
Oʻrta Osiyoning paleogen davri yotqiziqlarida yonuvchi slaneslar 
joylashgan. Qizilqum sahrosi hududida mezozoy erasining boʻr va 
paleogen davri yotqiziqlarida infiltratsion uran konlari joylashgan. 
Toshkent viloyati (Chotqol va Qurama togʻlarida) hududidagi oltin 
konlari toshkoʻmir davriga mansub vulkanogen jinslarda joylashagan. 
Markaziy
Qizilqumning oltin konlari quyi paleozoy yotqiziqlarida (asosan 
besapan svitasi va uning analoglari) joylashgan (2-rasm). 
Xulosa qilsak, har qanday hudud uchun stratigrafik mezonlarni 
ishlab chiqish mumkin. Buning uchun hududning stratigrafik kolonkasi 
tuziladi va bu kolonkaga foydali qazilmalarning joylashgan vaziyatlari 
belgilanib chiqiladi. Ma’lum turdagi foydali qazilmalarning muayyan 
stratigrafik qatlamlarga bogʻliqligini aniqlash natijasida shu hudud 
uchun stratigrafik mezonlar aniqlanadi.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling