Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
Geomorfologik mezon 
Ma’lumki, yer yuzi relyefining paydo boʻlishini geomorfologiya fani 
oʻrganadi. Tub togʻ jinslarining parchalanishi va boʻshoq materiallarning 
qayta yigʻilish bilan bogʻliq boʻlgan konlarning fazoviy holatini 
geomorfologik mezon aniqlaydi. Bularga har xil sochilma konlar
nurash konlari, gillar, qumlar va shagʻallar kiradi. 
Geomorfologik mezon sochilma konlarni qidirishda katta ahamiyatga 
ega. 
Hozirgi va qadimgi daryo vodiylarining paydo boʻlish tarixini 
oʻrganish natijasida har xil nodir metallar sochilmalarini topishga imkon 
tugʻiladi. 
Relyefning asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan 
maydonlarga xosdir. 
Juda katta boksit, marganes, nikel, nodir metall konlari tekislangan 
nurash yuzalari bilan bogʻliq . 


32
Relyefning muzlik shakllari (ozlar, drumlinlar, kamlar) yuqori sifatli 
qum, shagʻal konlarini qidirish uchun ishonchli belgi hisoblanadi. 
Oʻzgargan togʻ jinsi maydonlarida joylashgan ma’dan uyumlarini 
qidirishda geomorfologik kuzatishlar katta yordam beradi. 
Nurashga chidamli ma’dan uyumlari, daykalar oʻzgargan maydonlar 
relyefining musbat shaklini paydo qiladi. 
Oson nuraydigan oksidlangan sulfidli ma’dan uyumlari va tektonik 
harakatga uchrab buzilgan togʻ jinslari manfiy relyef shakllarini hosil 
qiladi. 
Bunday holatlarni aerofotosuratlar yordamida, dala ishlariga chiqish 
bosqichidan oldin, geomorfologiya belgilari boʻyicha u yoki bu foydali 
qazilmalarni qidirish uchun qiziqarli maydonlarni ajratish mumkin. 
Geomorfologik mezon Yer qobigʻining hozirgi zamon tektonika 
harakati bilan bogʻliq boʻlgan, yosh koʻtarilmalarni aniqlashga va neft
gaz konlarini qidirishga yordam beradi. 
 
 Metamorfogen mezon
Turli magmatik va choʻkindi togʻ jinslari Yer qobigʻining rivojlanishi 
jarayonida metamorfizmga uchraydi. Harorat va bosimning oʻzgarishi 
natijasida metamorfizmga uchragan togʻ jinslarida yangi metamorfogen 
konlar paydo boʻladi. 
Flogopit, grafit, temirli kvarsit, marmar, island shpati, granat kabi 
foydali qazilma konlarining paydo boʻlishi metamorfizm bilan bogʻliq. 
Metamorflashgan va metamorfogen konlarning yondosh jinslari uchun 
oʻziga xos oʻzgarishlar xarakterlidir. 
Masalan, oʻta asos jinslarning serpentinlanishi, gneyslarning 
grafitlanishi, ohaktoshlarning marmarlanishi ular bilan bogʻliq konlarni 
qidirish mezonlari boʻlishi mumkin. Bunday oʻzgarishlar faqat regional 
metamorfizm ta’siridagina sodir boʻlmasdan, chuqurlikdagi magma 
ta’sirida ham sodir boʻladi. Bu esa maydonda qidirishning istiqbollarini 
ancha oshiradi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling