2.6. Qidirishning geokimyoviy, mineralogik va boshqa mezonlari
Geokimyoviy mezon
Kimyoviy elementlarning har xil tabiiy togʻ jinslarida, tuproqlarda,
suvlarda tarqalish qonuniyatlari geokimyoviy qidirishning asosini tashkil
qiladi.
Sanoatga yaroqli yuqori miqdorlarga ega boʻlgan element va
ularning yoʻldoshlari tarqalgan joylar qidirishga eng qulay maydon
hisoblanadi. Masalan, qoʻrgʻoshin va ruxning oʻrtacha yuqori miqdori
polimetall konlariga boy ma’danli Oltoyning effuziv-choʻkindi jinslariga
xosdir (6-rasm).
6-rasm. Mis-kolchedanli ma’dan tanasi va uning birlamchi
tarqalish oreolining joylashish sxemasi (V.M.Kreyter boʻyicha):
1 - porfiritlar; 2 - albitofirlar; 3 - birlamchi tarqalish oreoli; 4 - ma’dan tanasi.
Xrom konlari keng tarqalgan janubiy Uraldagi oʻta asos jinslarda
xromning oʻrtacha yuqori miqdori kuzatiladi. Element va minerallarning
shakl koʻrinishi va ularning paragenetik assotsiatsiyalari qidirish
ishlarida katta ahamiyatga ega.
Qidirish bosqichida paragenezis qoidalarini yaxshi bilish asosiy,
ikkinchi darajali va nodir elementlarni aniqlashga yordam beradi.
Masalan, qoʻrgʻoshin-rux ma’danlarida kumush va kadmiy, mis-rux
ma’danlarida kobalt va platina uchraydi. Undan tashqari uran, kobalt,
nikel, vismut va kumushdan tarkib topgan besh elementli formatsiyalar
ham ma’lum(7-rasm).
29
7
-r
asm.
Qo
ʻrg
ʻosh
in
(
a
),
ru
x
(b
),
m
ar
gu
m
u
sh
(в
)larni
Do'stlaringiz bilan baham: |