Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 


20
 
 
2-rasm. Muruntau ma’danli maydonining stratigrafik ustuni
(Stratigrafik mezon) 


21
2.3. Qidirishning fatsial-litologik mezoni 
 
Litologiyapetrografiya fanining boʻlimi sifatida choʻkindi 
jinslarning xususiyatlarini oʻrganadigan fan hisoblanadi. 
Fatsiya soʻzining ma’nosi esa choʻkindi jinslarning hosil boʻlish 
sharoitlarini ifodalaydigan umumlashtiruvchi tushunchadir. 
Fatsial-litologiya mezoni ayrim foydali qazilma konlarining ma’lum 
bir fatsiya yoki choʻkindi togʻ jinslarining turlari bilan bogʻliqligiga 
asoslangan. Bunday bogʻliqlik shu turdagi konlarni bashoratlash va 
ularni qidirish uchun mezon boʻlib xizmat qiladi. 
Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, bu mezon birinchi navbatda choʻkindi 
hosil boʻlish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan konlarni qidirish va 
bashoratlashda oʻrinli boʻladi. Bunday mezonlar temir va marganes 
ma’danli gorizontlarni va ular bilan bogʻliq boʻlgan opoka, spongalit, 
yashma konlarini aniqlashda foydalaniladi. 
Masalan, dengiz fatsiyasi bilan bogʻliq temir ma’danli qatlamlar 
boʻlaklarida asosan oolitlar, organika qoldiqlari uchraydi, sementlarida 
esa gematit, shamozit, sideritlar uchraydi. Marganes-oolitli bunday 
ma’danlar esa sanoat ahamiyatiga egadir. Shu bogʻliqlikni fatsial-
litologik mezon sifatida ishlatish mumkin. 
Koʻmir qatlamlari asosan mayda chaqiq terrigen materiallardan 
tashkil topgan yotqiziqlar orasida joylashgan boʻladi. Bunday yotqiziqlar 
rivojlangan hududlar koʻmir uchun ijobiy baho beradigan mezon 
boʻladi. Bunga nisbatan aksincha, odatda kesimda yirik chaqiq 
jinslarning (konglomeratning) boʻlishi koʻmirli maydonlarni baholashda 
salbiy mezon hisoblanadi. 
Choʻkindilarga taalluqli boʻlmagan togʻ jinslarida ham litologik 
mezon namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, ba’zi magmatik jinslarning 
yemirilishidan kelib chiqadigan foydali qazilmalar uchun birlamchi 
magmatik jinslarning tarkibi qidirish mezoni boʻlib xizmat qilishi 
mumkin. Masalan, koʻpchilik boksit konlari asosan granit, sienitlarda 
rivojlangan nurash poʻstlariga joylashgan. Demak granitlar va 
sienitlarning nurashi hisobiga paydo boʻladigan boksit konlari uchun yer 
yuzasiga chiqib yemirilib boshlagan bunday jinslar boksit konlarining 
litologik mezoni boʻlib xizmat qilishi mumkin. Silikatli nikel ma’danlari 
esa, oʻta asos jinslarda rivojlangan nurash poʻstlarida uchraydi. Demak, 
oʻta asos jinslari rivojlangan hududlar nikel konlari uchun qidirish 
mezoni boʻlishi mumkin. 


22
Litologik mezon neft va gaz konlarini qidirish va bashoratlashda ham 
juda muhim rol oʻynaydi. Chunki neft va gaz uyumlari oʻz 
boʻshliqlarida neftni va gazni yigʻib olish qobiliyatiga ega boʻlgan 
gʻovak jinslar - kollektorlarda uchraydi. Bu gʻovak jinslarning 
boʻshliqlari neft va gazni saqlovchi rezervuar vazifasini bajaradi. 
Bunday jinslarga qum, gʻovak qumtosh va darzlangan ohaktoshlar 
kiradi. Demak choʻkindi yotqiziqlarning tarkibida gʻovak qatlamlar – 
kollektor jinslarning borligi ijobiy litologik mezon sifatida qabul 
qilinadi. 
Litologik mezon ba’zi hollarda endogen konlarni qidirish va 
bashoratlashda ham qoʻllanilishi mumkin. Masalan endogen konlar hosil 
boʻlishi jarayonida ma’dan minerallarining joylashishi uchun muhit 
vazifasini bajaruvchi qamrovchi jinslar sifatida birinchi navbatda 
kimyoviy faol xususiyatga ega boʻlgan karbonat jinslar (ohaktoshlar, 
dolomitlar, ohakli slaneslar va qumtoshlar) eng qulay muhit boʻlib 
xizmat qilishi mumkin. Demak, choʻkindi yotqiziqlar tarkibida karbonat 
jinslarning mavjudligi ijobiy qidirish va bashoratlash mezoni deb 
hisoblanadi (3-rasm). 
Endogen ma’danlarni qidirishda temir, mis, volfram, molibden, 
qalay, qoʻrgʻoshin, rux va boshqa ma’danlar bilan bogʻliq boʻlgan 
karbonat jinslar va skarnlar katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, 
karbonat jinslarda flyuorit, barit konlari uchraydi. 
Vulqon-choʻkindi jinslari bilan polimetal konlari, listvenitlar bilan 
simob konlari (Marqaziy Osiyo); terrigen-qumtoshli slanes jinslar bilan 
qalay, qalay- volframli ma’danlar bogʻliq . 
Koʻpchilik muskovit, flogopit, grafit konlari metamorflashgan 
slaneslarda uchraydi, kvarsitlarda esa togʻ billuri konlari tarqalgan. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling