Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
Geofizik mezon 
Yer qobigʻidagi har qanday foydali qazilma uyumlari ma’lum bir 
fizik xususiyatlarga ega boʻlganligi uchun ular atrofida tabiiy fizik 
maydonlar mavjud. Bu maydonlarni aniqlash orqali foydali qazilma 
uyumlarini qidirib topish mumkin. Bundan tashqari foydali qazilma 
uyumlari atrofida sun’iy fizik maydonlarni hosil qilish yoʻli bilan ham 
qidirish vazifasini bajarish mumkin.


33
Demak, geofizik qidirish mezonlari tabiiy va sun’iy fizik 
maydonlarni oʻrganishga asoslangan. Bu mezon orqali har xil 
anomaliyalar ajratiladi. Bu anomaliyalar esa foydali qazilmalarni 
topishga imkon beradi. 
Bunga misol qilib magnit, radioaktiv, gravitatsion va elektr maydoni 
anomaliyalarini koʻrsatish mumkin. Amalda geofizik izlanishlar 
jarayonida juda koʻp har xil anomaliyalar ajratiladi. Lekin ularning 
ayrimlarigina foydali qazilmalar bilan bogʻliq boʻladi. 
Magnit anomaliyalari orqali temir va mis-nikelli ma’danlarni qidirish 
mumkin. Radioaktiv anomaliyalar uran, radiy va toriy konlarini 
qidirishda mezon boʻlib xizmat qiladi. Gravitatsion anomaliyalar neft va 
gaz konlarini qidirishning mezonlari boʻlishi mumkin. Elektr maydoni 
anomaliyalari koʻpchilik sulfidli konlarni qidirishda mezon vazifasini 
bajarishi mumkin. 
 
 
3-modul. FOYDALI QAZILMA KONLARINI QIDIRISH 
BELGILARI 
 
Modul boʻyicha reja: 
3.1. Foydali qazilma konlarini qidirishning bevosita belgilari. 
3.2. Foydali qazilma konlarini qidirishning bilvosita belgilari. 
Bashoratlash xaritalari. 
Tayanch soʻz va iboralar: qidirish belgilari, qidirish belgilarini 
tasniflash, qidirishning bevosita belgilari, tabiiy ochilmalar, sun’iy 
ochilmalar, birlamchi oreollar, ikkilamchi oreollar, oreollarning zonal 
tuzilishi; ochilmagan va koʻmilgan oreollar, foydali qazilmalarning 
alohida fizik xususiyatlari, tarixiy ma’lumotlar, qidimiy togʻ lahimlari, 
shlak, konchilik asboblari, toponimika, konchilik faoliyati izlari
bilvosita qidirish belgilari; bilvosita belgilar klassifikatsiyasi; ma’danli 
jins; ma’dan atrofidagi (ma’danoldi) oʻzgarishlar; metasomatoz; 
kvarslanish; seritsitlanish; xloritlanish; karbonatlanish; albitlanish; 
tomirsimon agregatlar; monomineral tomirlar; polimineral tomirlar; 
magmatik 
tomirlar; 
gidrotermal 
tomirlar; 
anomaliya; 
geofizik 
anomaliyalar; gravitatsion anomaliya; magnit anomaliyasi; elektr 
xususiyatlari anomaliyasi; radiometrik anomaliyalar; geomorfoligik 
belgilar; gidrogeologik belgilar; botanik belgilar; bashoratlash xaritalari. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling