34
3.1. Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning
bevosita belgilari
Qidirish belgilarining klassifikatsiyasi
Yer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki
bor boʻlishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar
- qidirish belgilari
deyiladi.
Darak beruvchi faktlar va hodisalarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
- Konlarning hosil boʻlishi, oʻzgarishi va yemirilishi jarayonlarining
izlari;
- Foydali qazilmalar va qamrovchi jinslarning fizik,
kimyoviy va
mineralogik xususiyatlari;
- Insonlar faoliyati haqida tarixiy ma’lumotlar.
Yer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki
bor boʻlishi mumkinligidan
toʻgʻridan-toʻgʻri darak
beruvchi dalillar -
bevosita qidirish belgilari deyiladi.
Yer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki
bor boʻlishi mumkinligidan
biron-bir vosita orqali darak beruvchi
dalillar
- bilvosita qidirish belgilari deyiladi.
Bevosita qidirish belgilari quyidagicha tasniflanadi:
1. Foydali qazilmalarning yer yuzasiga chiqishi;
2. Foydali qazilmalarning oreollari va
tarqalish oqimlari;
3. Foydali qazilmalarning alohida fizik xususiyatlari;
4. Tarixiy ma’lumotlar.
Bilvosita qidirish belgilari quyidagicha tasniflanadi:
1. Ma’danoldi oʻzgarishlari;
2. Tomirsimon minerallarning mavjudligi;
3. Foydali qazilmalar va qamrovchi jinslarning fizik
xususiyatlaridagi farqlanish (geofizik anomaliyalar);
4. Relyefning oʻziga
xos xususiyatlari;
5. Gidrogeologik belgilar;
6. Botanik belgilar;
7. va boshqalar.
Yuqorida
keltirilganidek, foydali qazilma borligidan yoki bor
boʻlishi mumkinligidan toʻgʻridan-toʻgʻri darak beruvchi dalillar -
bevosita qidirish belgilari deyiladi. Ular toʻrtta turga ajaratiladi.