37
- temir konlarini koʻrsatuvchi sargʻish-qoʻngʻir rangli «zanglagan»
jinslar;
- va h.k.lar.
Radioaktiv
anomaliyalar
radioaktiv
xomashyolarni
qidirish
jarayonida ishonchli qidirish belgisi hisoblanadi. Chunki ma’dan
tarkibida radioaktiv elementlarning mavjudligi
va ular miqdorining
balandligi yuqorida aytilgan anomaliyaning vujudga kelishiga sabab
boʻladi. Bunday anomaliya toʻgʻridan-toʻgʻri radioaktiv elementlar
borligini koʻrsatishi uchun bevosita qidirish belgilari guruhiga kiritiladi.
Qidirishning bevosita belgilari sifatida tarixiy ma’lumotlar
Bevosita belgi sifatida qoʻllaniladigan tarixiy ma’lumotlarga
quyidagilar kiradi:
- qadimgi qazilmalar, ma’dan uyumlari, qayta
ishlash qoldiqlari;
- tarixiy yozuvlar, xaritalar va h.k.lar.
Tarixiy dalillarga qadimiy togʻ qazilmalari, ularning
qoldiqlari,
shlak qoldiqlari, qadimiy arxeologiya topilmalari, konchilik va
metallurgiya
asbob-jihozlari, tarixiy oʻtmishga taalluqli hujjatlar va
boshqalar kiradi.
Joylarning nomlariga alohida e’tibor berilishi lozim.
Chunki yer yuzida mavjud boʻlgan koʻpgina togʻlarga, koʻl va
dengizlarga inson tomonidan qoʻyilgan nomlar qaysi tilda boʻlishidan
qat’iy nazar, kon qidirish yoki konchilik taraqqiyot etgan joylarni
anglatadi.
Masalan,
bularga Oltinsoy, Konsoy, Tuzkon, Oltintogʻ, Gazli,
Tosqozgʻan, Jezqozgʻan, Chormitan, Zarafshon, Koʻmirli, Tillatogʻ,
Kumushkon, Qoʻrgʻoshinkon, Choʻyansoy, Tillakon,
Haydarkon,
Choʻyankon, Eskikon, Simob, Gaurdak, Tuzkene, Moylisuv, Moylisoy,
Tashkoʻmir,
Koni Mansur, Terekkon, Oltintopgan, Kon, Yangikon va
boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Shuning uchun geologik xaritalash va qidirish ishlarini olib borishda
har xil joyning nomini diqqat bilan oʻrganish talab qilinadi.
Bu esa joy nomlariga asoslanib yangidan-yangi
foydali qazilma
konlarining topilish imkoniyatlarini ochib beradi.
Buning uchun har xil masshtabdagi va turli davrlarga oid geografiya,
geologiya xaritalaridan joy nomlarini diqqat bilan oʻrganish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: