Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
 


40
Minerallarning tomirsimon agregatlari mavjudligi – qidirish 
belgisi 
Tomirsimon minerallarning mavjudligi ham, xuddi oʻzgargan jinslar 
kabi ma’dan hosil qiluvchi jarayonlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 
Tomirsimon agregatlar hosil boʻlishi uchun avvalam bor ular 
joylashadigan darzliklar kerak. Bu darzliklar esa, oʻz navbatida, tektonik 
harakatlarning natijasida hosil boʻladi. Demak tektonik harakatlar va 
ular bilan bogʻlangan ma’dan hosil qiluvchi jarayonlar tomirsimon 
agregatlarni hosil qilishi mumkinligini hisobga olib, ma’danlar bilan 
tomirsimon minerallar bir-biri bilan bogʻliq deyishimiz va tomirsimon 
minerallarni qidirish belgisi sifatida qoʻllashimiz mumkin. 
Tomirsimon agregatlar hosil boʻlish usuliga qarab, ikki xil boʻlishi 
mumkin: 
1) ochilgan darzlik boʻshligʻini toʻldirish usuli bilan hosil boʻlgan 
tomirsimon agregatlar; 
2) darzlik atrofidagi jinslarning mineral hosil qiluvchi eritmalar 
ta’sirida qayta kristallanishi usuli bilan hosil boʻlgan tomirsimon 
agregatlar.
 
Foydali qazilmalar va ularni qamrovchi jinslarning fizik 
xususiyatlaridagi farqlanish (geofizik anomaliyalar) 
Geofizik anomaliyalar tabiiy va sun’iy fizik maydonlarni oʻrganish 
asosida aniqlanadi. Bu belgini aniqlash orqali har xil anomaliyalar 
ajratiladi. Bu anomaliyalar esa foydali qazilmalarni topishga imkon 
beradi. 
Bunga magnit, radioaktiv, gravitatsion va elektr maydoni 
anomaliyalarini koʻrsatish mumkin. Amalda geofizik izlanishlar 
jarayonida juda koʻp har xil anomaliyalar ajratiladi. Lekin ularning 
ayrimlarigina foydali qazilmalar bilan bogʻliq boʻladi. 
Magnit anomaliyalari orqali temir va mis-nikelli ma’danlarni qidirish 
mumkin. 
Bu qidirish belgisi foydali qazilmalar tanalari oʻz fizik xususiyati 
bilan qamrovchi togʻ jinslaridan keskin farq qilishiga asoslangan va 
natijada geofizik maydonlarda anomaliyalar (miqdoriy oʻzgarishlar) 
paydo boʻlishiga hamda ularni turli qidirish usullari orqali aniqlashga 
olib keladi. Demak, geofizik anomaliyalar foydali qazilma konlarini 
qidirish belgilari deb qabul qilinishi mumkin.
Gravitatsion anomaliyalar – Yer qobigʻi tuzilishi bilan bogʻliq 
boʻlgan gravitatsiya (ogʻirlik kuchi) oʻzgarishi kuzatiladigan uchastkalar 


41
paydo boʻlishidir. Katta zichlikka ega togʻ jinslari ijobiy anomaliyalar 
vujudga kelishiga sabab boʻladi va ularning manbai temirli ma’danlar, 
xromitlar, sulfid uyumlari boʻlishi mumkin. 
Magnitli anomaliyalar – turli magnit xususiyatiga ega boʻlgan jinslar 
atrofida hosil boʻladi, magnitli ma’dan maydonlariga olib keladi va ular 
oʻzgaruvchanligi bilan anomaliyalarga bogʻliq boʻladi. Koʻpincha 
foydali qazilmalar tanalarida qamrovchi jinslarga koʻra yuqori 
miqdordagi magnit minerallar mavjudligi va ma’danlarning turi va 
hajmiga bogʻliq boʻlgan ijobiy anomaliyalar borligi bilan ajraladi. 
(Rossiyadagi Kursk magnit anomaliyasi). 
Elektr anomaliyalar – elekromagnit ma’danli maydonlar normal 
holatli koʻrsatkichlarining ijobiy (koʻp tomonga) oʻzgarishidir. Ma’danli 
tanalarda elektr oʻtkazuvchanlikning kuchayishi, elektr qarshiligining 
kamayishi holatlari qidirish jarayonida foydalaniladigan belgiga 
aylanadi. 
Foydali qazilma konlarini elektr usullari yordamida qidirish 
jarayonida tabiiy va sun’iy elektr maydonlarining parametrlarini 
oʻlchash mumkin va natijada umumiy elektr fonida mazkur dala ishlari 
maqsadiga muvofiq kerakli obyektlarni aniqlash mumkin. 
Qabul qilingan parametr(oʻlchov)ga asoslanib, elektr anomaliyalar 
elektr qarshiligi, elektr maydoni va polyarizatsiya turlariga boʻlinadi. 
Radioaktiv 
anomaliyalar 
radioaktiv 
xomashyolarni 
qidirish 
jarayonida ishonchli qidirish belgisi hisoblanadi. Chunki ma’dan 
tarkibida radioaktiv elementlarning mavjudligi va ular miqdorining 
balandligi yuqorida aytilgan anomaliyaning vujudga kelishiga sabab 
boʻladi. Bunday anomaliya toʻgʻridan-toʻgʻri radioaktiv elementlar 
borligini koʻrsatishi uchun bevosita qidirish belgilari guruhiga kiritiladi. 
Yuqori migratsion (aktiv, faol) xususiyatga ega boʻlgan elementlar 
hatto ma’dan atrofidagi togʻ jinslariga radioaktiv parchalanish natijasida 
ta’sir etadi va gazsimon bugʻlari esa yoriqli togʻ jinslarining 
gʻovakliklariga ham kirib qoladi. 
Seysmik anomaliyalarni ajratish togʻ jinslarining xususiyatlari va 
yotish yoʻnalishlariga qarab ulardan koʻndalang toʻlqinlarning oʻtish va 
qaytish xususiyatlarini oʻrganishga asoslangan. 
Toʻlqinlarning oʻtish vaqti togʻ jinslarining tarkibiga bogʻliq va 
turlariga qarab har xil boʻladi. Natijada hududga va togʻ jinsiga qarab 
maxsus jadvallar tuziladi (ohaktosh, qumtosh, terrigen va turli ma’dan 
qamrovchi togʻ jinslarida). Toʻlqinlarning oʻtish vaqti koeffitsienti 
(albatta koʻp tajribalar asosida olingan) koʻrsatiladi. Portlatish 


42
burgʻilangan quduqlarda olib boriladi va olingan ma’lumotlar qidirish 
dala ishlari jarayonida inobatga olinadi. 
Anomaliyalarni aniqlashga asoslangan geofizik qidirish usullaridan 
geologiyada keng miqyosda foydalaniladi. Aniqlangan anomaliya 
huduning asosiy geofizik belgilarini koʻrsatadi. Foydali qazilma 
konlariga bogʻliq boʻlgan anomaliyalar nafaqat ma’dan borligini, balki 
uning koʻrsatkichlari, ya’ni rivojlanish koʻlami (uchastkalarning 
ajratilishi va ularning shakli), chuqurligi toʻgʻrisida aniq va ishonchli 
ma’lumotlarga ega boʻlish imkonini beradi. 
Geofizik materiallarni (ma’lumotlarni) interpretatsiya (aniqlashtirish) 
qilish orqali muayyan uchastkaning geologik tuzilishi, ma’dan tanalari 
bilan bogʻliq boʻlgan va “nazorat” qiluvchi yoriqlarning turi, yoʻnalishi 
va yotishi boʻyicha kerakli xulosalarga kelish mumkin. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling