Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Tayanch soʻz va iboralar: qidirish usullari, geologik marshrutlar, 
marshrut nuqtalari, geologik qirqimlar, qidirish maqsadi, qidirish 
vazifalari, geologik xaritalash masshtabi, togʻ lahimlari, lahimlarni 
hujjatlashtirish, bashoratlash xaritalari, daryo havzasidagi chaqiq jinslar 
boʻyicha qidirish, muzlik yotqiziqlari boʻyicha qidirish, shlix, shlixlash 
usuli, shlixlarni yuvish, shlixlash xaritasi, litogeokimyoviy usul, 
atmogeokimyoviy usul, gidrogeokimyoviy usul, biogeokimyoviy usul, 
metallometriya usuli, gravimetriya usuli, magnitometriya usuli, 
elektrometriya usuli, seysmometriya usuli, radiometriya usuli, qidirish 
usullarini tanlash, usul tanlash omillari, qazilma turiga bogʻliq omil, 
tabiiy sharoit omili, strukturaviy-geologik omil, qoplama jinslar omili, 
geomorfologik omil, bioiqlimiy zonallik omili. 
 
4.1. Qidirish usullari. Geoxaritalash usuli 
Qidirishning bosh maqsadini muvaffaqiyatli, planli, va ilmiy 
asoslangan holda bajarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish 
zarur: 
1) FQKlari joylanishini belgilovchi qonuniyatlar (faktorlar – 
mezonlar)ni bilish va ularni tahlil qilib chiqish; 
2) Turli sharoitlardagi konlarning qidirish belgilarini oʻrganish; 


45
3) 
Samarali qidirish usullarining kompleksini ishlab chiqish va 
ularni tabiiy sharoit va qidirish belgilariga qarab ishlatish sharoitlarini 
aniqlab olish; 
4) Qidirish ishlarining natijalari boʻyicha konning sanoat uchun 
ahamiyatiga baho berish va sanoat uchun yaroqsiz obyektlarni oʻz 
vaqtida «brakovka» qilish.
 
Qidirish usullari klassifikatsiyasi 
Qidirish usullarini turli tamoyillar boʻyicha tasniflash mumkin. 
Prinsipial jixatdan ikkiga boʻlish mumkin:
- tanlangan nuqtalarda kuzatish (metod viborochnix nablyudeniy); 
- masofadan turib kuzatish (metod distansionniy). 
Tanlangan nuqtalarda kuzatish
Alohida nuqtalardan olingan axborotlar yigʻindisi obyekt haqidagi 
umumiy toʻliq ma’lumotni bermaydi. Ma’lumotlarni generalizatsiyalash 
(umumlashtirish) faqat analogiya tamoyiliga tayanib, ketma-ketin 
yaqinlashtirish va ilgarilama-tanlov asosida detallashtirish tamoyillariga 
amal qilgan holda mumkindir. 
Masofadan turib kuzatish 
Bu usul asosan turli fizik asboblar yordamida hududlarni oʻrganishga 
asoslangan. Bu tekshirishlar optik va radiodiapazonlarning turli 
qismlarida bajariladi. Eng koʻp ishlatiladigan diapazonlar: koʻzga 
koʻrinadigan, infraqizil va radiotoʻlqinlar. Imkoniyatlari – obyektlarning 
asosiy geologik-strukturaviy xususiyatlarini oʻrganish. 
Kamchiligi – mineral tarkibni oʻrgana olmaslik. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling