Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Ma’danli zonalarning relyefida kuzatiladigan oʻziga xos


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
Ma’danli zonalarning relyefida kuzatiladigan oʻziga xos
xususiyatlar 
Yer yuzi relyefining paydo boʻlishi tub togʻ jinslarining parchalanishi 
va boʻshoq materiallarning qayta yigʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan 
konlarning fazoviy holatini aniqlaydi. Bularga har xil sochilmalar, 
nurash konlari, gillar, qumlar va shagʻallar kiradi. Geomorfologik 
belgilar sochilma konlarni qidirishda katta ahamiyatga ega. 
Hozirgi va qadimgi daryo vodiylarining paydo boʻlish tarixini 
oʻrganish natijasida har xil nodir metalllar sochilmalarini topishga imkon 
tugʻiladi. 
Relyefning asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan 
maydonlarga xosdir. Juda katta boksit, marganes, nikel, nodir metallar 
konlari tekislangan nurash yuzalari bilan bogʻliq. Relyefning muzlik 
shakllari (ozlar, drumlinlar, kamlar) yuqori sifatli qum, shagʻal konlarini 
qidirish uchun ishonchli belgi hisoblanadi. 
Oʻzgargan togʻ jinsi maydonlarida joylashgan ma’dan uyumlarini 
qidirishda geomorfologik kuzatishlar katta yordam beradi. Nurashga 
chidamli ma’dan uyumlari, daykalar oʻzgargan maydonlar relyefining 
musbat shaklini paydo qiladi. 
Oson nuraydigan oksidlangan sulfidli ma’dan uyumlari, tektonik 
harakatga uchrab buzilgan togʻ jinslari manfiy relyef shakllarini hosil 
qiladi. Bunday holatlarni aerofotosuratlar yordamida, dala ishlariga 
chiqish bosqichidan oldin oʻrganib chiqish va geomorfologiya belgilar 
boʻyicha u yoki bu foydali qazilmalarni qidirish uchun qiziqarli 
maydonlarni ajratish mumkin. Geomorfologik belgilar Yer qobigʻining 


43
hozirgi zamon tektonika harakati bilan bogʻliq boʻlgan, yosh 
koʻtarilmalarini aniqlashga va neft, gaz konlarini qidirishga yordam 
beradi. 
 
Foydali qazilmalarni qidirishning gidrogeologik belgilari 
Har qanday foydali qazilma yer bagʻrida ma’lum miqdorda 
namlangan, ya’ni uning boʻshliqlari va darzliklari suv bilan toʻlgan 
boʻladi. Bu yer osti suvlari ma’danlar tarkibidagi komponentlarni oʻzida 
eritib olib, oddiy suvlarga nisbatan ma’dan tarkibiga kiruvchi kimyoviyo 
elementlarga boyigan holga kelib qoladi. Agar bu suvlardan namunalar 
olib, tarkibi tekshirlilsa, chuqurlikdagi ma’danlar haqida qandaydir 
ma’lumotlarga ega boʻlishimiz mumkin. Lekin suvlar tarkibidagi 
kimyoviy elementlarning anomaliya miqdorida koʻpayishi har doim ham 
foydali qazilma uyumi bilan bogʻliq boʻlmasligi mumkin. Buning 
butunlay boshqa sabablari ham boʻlishi mumkin. Shuning uchun 
gidrogeologik belgilar bilvosita qidirish belgilariga kiritiladi.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling