Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 


55
10-rasm. Shlixlash haritasi 
1- allyuvial yotqiziqlar
(
Q
)
; 2- qumtoshlar va slaneslar (devon); 3- granit; 4- shlix 
namunalari olingan joylar va ularning tartib raqamlari. 
 
4.3. Geokimyoviy qidirish usullari.
Litogeokimyoviy, metallometrik usullar 
 
Bu usul tub togʻ jinslarini va boʻshoq yotqiziqlarni, oʻsimlik 
kullarini, suv va gazlarni namunalash yoʻli bilan geokimyoviy 
anomaliyalarini aniqlashga asoslangan. Birlamchi va ikkilamchi oreollar 
boʻyicha qidirish ishlarini olib borish nihoyatda katta ahamiyatga ega. 
Har xil geokimyoviy jarayonlar natijasida togʻ jinslarida, boʻshoq 
yotqiziqlarda, tuproqlarda, tabiiy suvlarda, oʻsimliklarda kimyoviy 


56
elementlarning oʻrtacha miqdori odatdagiga nisbatan ancha yuqori 
boʻlib anomaliyalar paydo boʻladi. 
Foydali qazilma uyumlari va ularning parchalanish mahsulotlaridan 
hosil boʻlgan anomaliyalar "tarqalish oreollari" deb ataladi. Ular tub 
togʻ jinslarida, boʻshoq jinslarda, tuproqlarda (litogeokimyoviy oreol), 
suvlarda (gidrogeokimyoviy oreol), oʻsimliklarda (biogeokimyoviy 
oreol), tuproq havolarida (atmogeokimyoviy oreol) keng rivojlanadi. 
Tarqalish oreollari paydo boʻlishiga qarab birlamchi va ikkilamchi 
boʻladi. 
Birlamchi tarqalishi oreollari foydali qazilmalar paydo boʻlgan togʻ 
jinslarida foydali qazilmalar bilan bir vaqtda (bir davrda) paydo 
boʻladi. Masalan, galenit, sfalerit, magnenit, xalkopiritdan tashkil 
topgan qoʻrgʻoshin-rux konlaridagi birlamchi tarqalish oreollarida 
qoʻrgʻoshin, rux, margimush, mis va boshqa elementlarning yuqori 
miqdori kuzatiladi. 
Ikkilamchi tarqalish oreollarida esa ma’dan uyumlarining eng 
koʻp tarqalgan elementlarigina uchraydi. 
Masalan, 
mis-kolchedan 
konlaridagi 
suv 
oreollarida 
mis, 
qoʻrgʻoshin, rux kuzatiladi. Molibden konlaridagi suv oreollarida 
molibden, volfram, qoʻrgʻoshin, rux va boshqa elementlar kuzatiladi. 
Hozirgi 
vaqtda 
litogeokimyoviy, 
gidrogeokimyoviy, 
atmogeokimyoviy, biogeokimyoviy qidirish ishlari qoʻllanilmoqda. 
Bular orasida eng keng qoʻllaniladigani albatta – litogeokimyoviy 
usullar. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling