Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
 
4.2. Mineralogik qidirish usullari. Shlixlash xaritalari 
 
Mineralogik qidirish usullari gipergenez maydonida rivojlangan 
mexanik oreol sochilma konlarini aniqlash va oʻrganishga asoslangan. 
Bu usul insonlar tomonidan qadim zamonlardan foydalaniladi. Mexanik 
oreollarning xarakteriga qarab daryo vodiysida jinslarning chaqiq 
boʻlaklari boʻyicha; muzlik yotqiziqlari boʻyicha; shlixlash usullariga 
ajratiladi. 


52
Mineralogik usullar klassifikatsiyasi: 
- daryo vodiysida jinslarning chaqiq boʻlaklari boʻyicha; 
- muzlik yotqiziqlari boʻyicha; 
- shlixlash usuli. 
 
a) daryo vodiysida jinslarning chaqiq boʻlaklari boʻyicha qidirish 
usuli. 
Bu usul foydali qazilma boʻlaklarini yoki shagʻal toshlarini, 
oʻzgargan togʻ jinslarini daryo tarmoqlari boʻyicha topish va kuzatishga 
asoslangan. Kuzatish asosan daryo oqimiga qarama-qarshi tomonga 
qarab olib boriladi. Kon yoki tub ma’dan ochilmasiga yaqinlashgan sari 
boʻlaklar soni koʻpayib boradi va ularning yumaloqlanish darajasi 
kamayadi. Allyuviy yotqiziqlarida foydali qazilma shagʻal toshlarining 
yoʻqolishi bilan qidirish ishlari vodiyning qirgʻogʻi boʻyicha yuqoriga 
qarab olib boriladi. 
Olingan ma’lumotlar orqali boʻlaklarning yelpigʻich sxemasi 
tuziladi, keyin boʻlaklarning tub manbasi togʻ qazilmalar orqali 
oʻrganiladi. Daryo boʻyicha ma’dan shagʻal toshlarini kuzatish bilan bir 
qatorda togʻ etaklari va yonbagʻrida toʻplangan ma’danli jinslarning 
boʻlaklarini diqqat bilan oʻrganish talab qilinadi. 
b) muzlik yotqiziqlari boʻyicha qidirish usuli 
Bu usul qalinligi 15-20m boʻlgan muz yotqiziqlari (muzlik morenasi) 
bilan qoplangan shimoliy rayonlardagi (Kola yarim oroli, Kareliya, 
shimoliy 
Ural) 
foydali 
qazilmalarni 
qidirishda 
foydalaniladi. 
Morenalarda togʻ jinsi boʻlaklari va harsangtosh bilan bir qatorda 
foydali qazilma harsang toshlari yoki yondosh togʻ jins boʻlaklari ham 
uchrashi mumkin. 
Ma’danli harsangtoshlarining oreol sochilmasi katta maydonlarga 
tarqalgan boʻlishi mumkin. Ma’lumki, ma’danli harsangtosh tub 
konlardan 120 km masofaga olib keltirishi mumkin (Shvedsiya). 
Qidirishning asosiy maqsadi – qidirish maydonlarida ma’danli 
harsangtoshlarni izlash va ularning topilgan joyini geologik xaritaga 
tushirishdan iborat. 
Ma’dan harsangtoshlarining oreol sochilmasi shakliga qarab uning 
manbadan ajralishib ketgan yoʻnalishini aniqlash mumkin. Odatda ular 
yelpigʻich shaklida boʻlib oʻzining keng qismi bilan muz harakati 
yoʻnalishiga qaratilgan boʻladi. Shu bilan qidirishning harsangtosh-muz 
usuli tugallanadi. Keyin istiqbolli maydonlar geofizika usullari, togʻ 
qazilmalari, burgʻilash qudugʻi orqali mukammal oʻrganiladi. 


53

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling