46
Bu jarayonda oʻrganiladigan maydonning litologik kesim turlariga,
tarqalish
qonuniyatlariga, togʻ jinslari kontaktlariga, magmatik
jinslarning
xususiyatlariga, har xil foydali qazilmalarning qidirish
mezonlari va belgilariga, oʻzgargan togʻ
jinslari maydonlariga, burma,
uzilma va ularning rivojlanish va yotish elementlariga, togʻ jinslarining
mineralogik tarkibi, tekstura va struktura xususiyatlariga e’tibor berilishi
lozim (8-rasm).
Amalda geologiya xaritalarini tahlil qilish yoʻli bilan u yoki bu
foydali qazilmalarga istiqbollari yuqori boʻlgan maydonlarni ajratish,
qidirish ishining kelajak yoʻnalishini va usulini aniqlash mumkin (9-
rasm).
Kompleks qidirish ishlari jarayonida
har xil masshtabli geologik
xaritalash ishlari oʻtkaziladi va natijada geologik, geomorfologik,
gidrogeologik, tektonik va boshqa xaritalar tuziladi.
Ayrim aniq foydali qazilmalar uchun oʻtkaziladigan
qidirish ishlari
natijasida maxsus geologik, geomorfologik, gidrogeologik, struktura
xaritalari tuziladi. Bu xaritalarda qidirish mezonlari va belgilari oʻz
aksini topadi.
Bunday turdagi qidirish ishlaridan radioaktiv elementlarni, oltin,
platina,
olmos sochilma konlarini, neft va gaz konlarini topishda kam
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: