Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
Razvedka
lahimlarini geologik hujjatlashtirish jarayonida kuzatiladigan obyektlar. Razvedka lahimlarini qazish va ularni hujjatlashtirish jarayonida kuzatiladigan asosiy obyektlar quyidagilardan iborat: - Foydali qazilma tanasining geologik joylashish sharoitlari; - Foydali qazilma tanasining va uni oʻrab turgan togʻ jinslarining razvedka lahimi bilan kesib oʻtilgan qismining oʻlchamlari va yotish elementlari; - Togʻ jinslaridagi darzliklar va burmalarning turlari; - Foydali qazilma va atrofdagi togʻ jinslari orasidagi chegaraning xususiyatlari; - Foydali qazilma tanasini tashkil etuvchi ma’dan turlari oʻrtasidagi chegaralarning xususiyatlari; - Foydali qazilmalarning tarkibi, foydali minerallarning (ularning zarralari va agregatlarning) fazoviy joylashuvi, ya’ni ma’danlarning teksturasi; - Foydali qazilma tanasi yaqinidagi togʻ jinslarining oʻzgarishi; - Tektonik va boshqa turdagi buzilishlar, ayniqsa, foydali qazilma tanasini kesib oʻtib, uni buzuvchi dislokatsiyalar. «Geologik joylashish sharoitlari» tushunchasi turli xil ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Bularga foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan togʻ jinslarining tarkibi, tuzilishi hamda togʻ jinslari va foydali qazilmaning oʻzaro munosabati kiradi. Razvedka lahimlarida ma’dan tanalarining oʻlchamlarini va yotish elementlarini aniqlash ba’zan ma’lum qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Buning sababi, lahimlar ma’dan tanalarini koʻpincha haqiqiy qalinligiga tik emas, qiyshiq kesib oʻtadi. Shuning uchun oʻlchamlarning haqiqiy qiymatlari hisob-kitob yoki chizmachilik usullarini qoʻllash yordamida aniqlanadi. Ba’zan bunday qiyinchiliklar lahim devorlarining notekisligidan kelib chiqadi. Natijada, aslida toʻgʻri chiziq koʻrinishida boʻlgan chegaralar qiyshiq boʻlib koʻrinishi mumkin. Shuning uchun yer osti lahimlariga oid ba’zi ma’lumotlarni bir devordan ikkinchi devorga davom ettirib oʻrtacha ma’lumotni olish yaxshi natija beradi. Ma’dan tanalarining oʻlchamlarini va yotish elementlarini burgʻilash quduqlarida aniqlash oʻziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 67 Bunday holatlarda texnik sabablarga koʻra (kernning uqalanib ketishi, materialning maydalanib ketishi, quduqning qiyshayib ketishi) foydali qazilma tanasi va togʻ jinslari orasidagi chegaraning oʻrni doim ham toʻgʻri aniqlanavermaydi. Togʻ jinslarining yotish elementlarini kernning burilib ketganligi natijasida oddiy kuzatish bilan mutlaqo oʻlchab boʻlmaydi. Faqatgina, birdaniga bir necha burgʻilash qudugʻi boʻyicha kerndagi togʻ jinslarining yotish burchaklari va quduqlarni qiyshayish burchaklarini oʻlchash va bu oʻlchovlar boʻyicha umumiy hisoblar bajarish yoʻli bilangina togʻ jinslarining va ma’dan tanalarining yotish elementlarini aniqlash mumkin. Turli jinslar chegaralarining xususiyatlarini tekshirlishda avvalo, quyidagi turdagi chegaralarini (kontaktlarini) farqlay bilish kerak: 1) aniq (yaqqol) kontaktlar koʻpincha toʻgʻri chiziqli, choʻkindi konlarning qatlamsimon tanalari va boʻshliqlarning toʻlishi natijasida hosil boʻlgan ma’dan tanalariga xosdir; 2) noaniq (yaxshi sezilmaydigan) kontaktlar odatda notoʻgʻri chiziqli, atrof togʻ jinslari tarkibida mayda xol-xol koʻrinishdagi foydali minerallarning aralashmalari boʻlgan metasomatik uyumlarga va nurash poʻsti konlariga xosdir; 3) koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydigan kontaktlar foydali qazilma tanasi va boʻsh togʻ jinsi orasida sekin-asta bir-biriga aylanish zonasida kuzatiladi. Kontaktlar yaqqol boʻlsa ularni oʻrganish – kontaktning yotish elementlarini oʻlchash va kontakt turini aniqlashdan iborat boʻladi. Ma’lumki, kontaktlar bir necha xil boʻlib ularga stratigrafik, intruziv, tektonik va boshqa turdagi kontaklar kiradi. Razvedka maqsadlari uchun tektonik va normal stratigrafik kontaktlarni farqlash eng muhim ahamiyatga egadir, Chunki razvedka ishlarining kelajak yoʻnalishlari koʻp jihatdan shunga bogʻliq boʻlib qoladi. Noaniq kontaktlar birlamchi hujjatlashtirish uchun katta qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bunday hollarda, shartli ravishda turli minerallari boʻlgan alohida zonalar bir-biridan shartli chegara bilan ajratiladi. Ma’danlarning koʻzga koʻrinmaydigan chegaralari faqat namunalarni analiz qilish natijalari boʻyicha oʻtkaziladi. Foydali qazilmaning tarkibi hujjatlashtirish jarayonida asosan koʻzga koʻrinmaydigan, ya’ni mikroskopik, mineral assotsiatsiyalar boʻyicha aniqlanadi. Ba’zi hollarda mikroskop yordamida mineralogik tekshirlishlar olib borishga toʻgʻri keladi. Ma’danlarning tarkibiy 68 xususiyatlarini oʻrganish vaqtida foydali qazilmaning strukturasi va teksturasiga katta e’tibor beriladi. Bu ma’lumotlar konning genetik xususiyatlarinigina koʻrsatib qolmay, balki foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasini ham aniqlaydi. Foydali qazilmalarning sanoat turlarini uzil-kesil ajratish odatda kimyoviy analizlar yoki texnologik tekshirlishlardan keyin bajariladi. Shuning uchun birlamchi hujjatlashtirish chogʻida mikroskopik yoʻl bilan ajratilgan foydali qazilmaning sanoat turlari shartli ravishda qabul qilinadi va keyinchalik koʻp jihatdan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Ma’dan atrofi togʻ jinslaridagi oʻzgarishlarni qayd qilish endogen konlarni razvedka qilishda muhimdir, chunki bunday oʻzgarishlar muayyan foydali qazilma uchun xos boʻlgan qidirish belgilarini aniqlashga imkon beradi. Odatda, koʻzga yaqqol koʻrinadigan oʻzgarishlar qayd qilinadi. Ba’zi hollarda mikroskop yordamiga murojaat qilishga toʻgʻri keladi. Mikroskopik tekshirlishlar natijalari boʻyicha birlamchi hujjatlarga ba’zi tuzatishlar kiritilishi mumkin. Tektonik buzilishlar ularning genetik xususiyatlari va ma’dan tanalariga nisbatan morfologik munosabatlari nuqtai nazaridan tekshirliladi. Eng avvalo, ma’dandan avval, ma’dan bilan bir vaqtda va ma’dandan keyin vujudga kelgan tektonik buzilishlarning turlarini ajratish kerak boʻladi. Bularning birinchisi, odatda eng katta ahamiyatga egadir; ikkinchisi minerallashuvning mahsuldor davrlarini aniqlashga yordam beradi; uchinchi turlari ba’zan muhim ahamiyatga ega boʻlishlari mumkin, qachonki ma’dan tanalari bu buzilishlar boʻyicha boʻlaklarga boʻlinib, hosil boʻlgani boʻlaklar katta masofalarga koʻchirilgan boʻlsa. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling