Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Namunalashning 
maqsadlari 
boʻyicha 
klassifikatsiyasi. 
Namunalashning maqsadiga qarab toʻrtta turga ajratish mumkin:
1) kimyoviy namunalash; 2) mineralogik namunalash; 3) texnologik 
namunalash; 4) texnik namunalash. 
Kimyoviy namunalashning maqsadi ma’dan yoki togʻ jinslari 
tarkibidagi kimyoviy elementlarni aniqlashdan iborat. Bunda namuna 
tarkibidagi bitta asosiy yoki bir necha elementlarning miqdori 
aniqlanadi. Koʻpchilik foydali qazilmalarning asosiy sifat koʻrsatkichi 
ularning tarkibidagi asosiy yoki qoʻshimcha komponentlarning miqdori 
bilan belgilanadi. Foydali qazilma zaxirasini hisoblashda shu 
ma’lumotlar qoʻllaniladi. Shuning uchun barcha kuzatish nuqtalaridan 
kimyoviy namuna olish talab etiladi. Natijada konlarda eng koʻp 
olinadigan namuna turi bu kimyoviy namuna boʻlib qoladi. 
Mineralogik namunalashning maqsadi ma’dan tarkibidagi minerallar 
roʻyxati va ularning nisbiy miqdorini aniqlashdan iboratdir. Bu 
ma’lumotlar konning sanoat turini aniqlashda, ma’danlarning hosil 
boʻlish jarayonlarini tushunishda va bu orqali foydali qazilmalarni 
bashoratlashda qoʻllaniladi. Bu ma’lumotlar zaxira hisoblashda 
toʻgʻridan-toʻgʻri ishlatilmagani sababli, har bir kuzatish nuqtasidan 
mineralogik namuna olish shart emas. Shuning uchun bunday namunalar 
soni kimyoviy namunalardek koʻp boʻlmaydi. 
Texnologik namunalashning maqsadi ma’danlarni qayta ishlashning 
turli texnologiyalarini oʻrganilayotgan ma’danlarda sinab koʻrishdir. 
Bunday namunalarning soni chegaralangan boʻlib, har bir ma’dan 
turidan bittadan yoki bir nechta namuna olinadi va ular turli texnologik 
jarayonlarda sinab koʻriladi. Shuning uchun texnologik namunalar soni 
koʻp emas, lekin alohida namunalarning miqdori anchagina koʻp boʻlishi 
mumkin. 
Texnik namunalashning maqsadi ba’zi foydali qazilmalarning turli 
fizik-texnik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Bunday foydali 


77
qazilmalar odatda mineral koʻrinishida qoʻllaniladi. Shuning uchun 
ularning fizik-texnik xususiyatlari foydali qazilmaning asosiy foydali 
xususiyati sifatida tekshirilishi kerak. Bunday xususiyatlarga masalan
mustahkamlik, shaffoflik, oʻtga chidamlilik, yonish issiqligi, qattiqlik 
kabi xususiyatlar kiradi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling