Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Hovuchlab olish usuli. Bu usulni nuqtaviy namuna olish usulining 
bir varianti deb hisoblash mumkin. Bu usul bilan qazib olingan ruda 
yoki rudali jinslarning uyumlaridan namuna olinadi. 
Birlamchi namunalar ruda uyumlari yuzasidan, vagonetkalar va 
ma’dan tashuvchi avtomobillardagi uyumlarning yuzasidan kvadrat yoki 
toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi toʻr boʻyicha hovuchlab olinadi va bir 
namunaga birlashtiriladi. Bu toʻrlarning oʻlchamlari 20x20 dan 50x50 
sm gacha yoki 20x40 sm dan 50x100 sm gacha oʻzgarishi mumkin. 
Birlamchi namunalar soni 10 dan 50 gacha oʻzgarishi mumkin. Eng kam 


80
birlamchi namunalar olish vagonetkalarni namunalashda ishlatiladi. Bu 
usul «konvert» usuli deyiladi va unda 5 ta nuqtadan birlamchi namuna 
olinadi. Alohida birlamchi namunaning hajmi 20 sm

gacha, massasi 50 
g. dan 600 g. gacha oʻzgaradi. Birlamchi namunalar toʻrining zichligi 
ma’dandagi komponentlar tarqalishining notekisligiga, boʻlaklarning 
kattaligiga va boʻlaklar kattaligining oʻzgaruvchanligiga bogʻliq.
Namunalashning ishonchliligi va toʻgʻriligini ta’minlash uchun 
namunaga kirgan turli xususiyatli materiallarning nisbati namunada va 
namunalayotgan ma’danda bir xil boʻlishi talab qilinadi. Bu talabni 
bajarmaslik sistematik xatolikka olib keladi. Bunga yoʻl qoʻymaslik 
uchun har bir birlamchi namuna olinadigan nuqtadan, (ham yirik, ham 
mayda boʻlaklardan) aralash material hovuchlab olinadi. Namunalash 
toʻrining birlashgan bir necha yacheykasini egallab turgan yirik ruda 
boʻlaklaridan esa qabul qilingan hajmdagi boʻlaklar sidirib olinishi 
kerak. Agar ma’danning katta boʻlagi yoʻl-yoʻl teksturali boʻlsa, 
birlamchi namunalar tekstura yoʻnalishiga koʻndalang yoʻnalishda 
sindirib olinadi. 
Hovuchlash usuli yuqori mehnat samaradorligini ta’minlaydi. 
Chunki u ma’danni sindirib olish yoki kovlashni talab etmaydi. Bu usul 
togʻ lahimlarini qazish ishlariga xalaqit bermaydi. Lekin bu usul bilan 
namunalash ma’danlarni chegaralashga va turli sortga taalluqli 
ma’danlarni alohida namunalashga imkon bermaydi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling