Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
-rasm. Shpurlardan namuna olish sxemasi
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kern va shlam usullari. Burgʻilash quduqlarini namunalash.
17-rasm. Shpurlardan namuna olish sxemasi. (a- katta qalinlikli jismni namunalashda; b- parallel joylashgan ma’dan tanalarini namunalashda) 83 Shpurlarning chuqurligi oddiy perfaratorlardan foydalanganda 7-8 m. ni, maxsus perfaratorlardan foydalanganda esa 50 m., hatto 70 m. gacha yetishi mumkin. Shpur qazishda hosil boʻlgan maydalangan mahsulotlar havo yoki suv yordamida shpurdan chiqarib olinadi va toʻplanib namuna sifatida foydalaniladi. Shpur namunasi 1-2 m, ba’zi hollarda 3 m, li boʻlaklarga (seksiyalarga) boʻlinishi mumkin. Namuna olishning shpur usuli boshqa usullarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: 1) lahimlarni qazish uchun oʻtilgan shpurlardan namunalash uchun foydalaniladi; 2) namuna olish jarayoni lahimlarni qazish ishiga xalaqit bermaydi; 3) namunaga ishlov berish ishlari ancha kamayadi, chunki mahsulotning boʻlaklari 2 mm, dan katta boʻlmaydi; 4) shpur usuli boshqa usullarga nisbatan ancha tejamkordir. Bu usulning kamchiliklari esa quyidagilardir: a) shpur yunalishi ba’zi hollarda ma’dan tanasiga koʻndalang boʻlmasligi; b) oson yemiriladigan, oʻta darzlangan ma’danlarni namunalashda sistematik xato kelib chiqishi mumkin. Bu usul bizda koʻp tarqalmagan. Kern va shlam usullari. Burgʻilash quduqlarini namunalash. Burgʻilash quduqlarini namunalashda namuna sifatida kern (agar uning chiqishi yetarli boʻlsa), kern bilan shlam (agar kern chiqishi yetarli boʻlmasa), yoki faqat shlam (agar kern butunlay chiqmasa) olinadi. Namuna uzunligi 1m. dan 2-3 m. gacha, ba’zi hollarda 5 m. gacha olinadi. Ma’dan tanasining ustidan va ostidan 0,25-0,50 m. gacha namunalar olinadi. Ma’dan tanasining chegaralari aniq koʻrinmaydigan hollarda butun burgʻilash qudugʻining uzunligi boʻyicha namunalar olinishi mumkin. Namunaga kerning yarmi olinadi. Buning uchun kern uzun oʻqi boʻyicha ikkiga boʻlinadi va yarmi namunaga olinadi. Yarmi esa mineralogik tekshirlishlar uchun va saqlash uchun olib qoʻyiladi. Agar burgʻilash quduqlaridan olingan materiallardan texnologik tekshirishlar uchun namuna olish kerak boʻlsa, unda kernning qolgan yarmi yana uzun oʻq boʻyicha ikkiga boʻlinadi va bir qismi texnologik namunaga, ikkinchi qismi qoldirishga ajratiladi. Bir texnologik namuna uchun oʻnlab burgʻilash quduqlaridan olingan kern qismlari toʻplanadi. Ba’zi hollarda texnologik namuna uchun kerning yarmi, kimyoviy namuna 84 uchun choragi, mineralogik tekshirlish va qoldirish uchun chorak qismi ajratiladi. Suvda eruvchan tuzlarning konlarida oʻtilgan burgʻilash quduqlarini namunalashda, quduqdan olingan kernning markaziy qismini namunaga olish tavsiya etiladi. Buning uchun kern tokarlik stanogi yordamida markaziy oʻqi boʻyicha 8mm li parma bilan parmalanadi va parmalash paytida hosil boʻlgan kukun namuna sifatida olinadi. Shlamdan namuna olish ma’danli konlarda kern chiqishi 60-80% dan kam boʻlgan hollarda bajariladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling