Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Namuna olish jarayonini nazorat qilish


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Namuna olish jarayonini nazorat qilish. Namuna olish jarayonini 
nazorat qilish geologik partiyaning bosh geologi yoki yetakchi 
geologlari tomonidan bajarilishi lozim. Bunda birinchi navbatda 
olinayotgan namunaning miqdori uning massasiga qarab kuzatilib 
boriladi. Namunani olish jarayonida uslubiy xatoliklarga yoʻl 
qoʻyilmaslikni ta’minlash talab etiladi. Tanlangan namuna olish usuli 
toʻgʻriligini tekshirish uchun namuna olingan joydan qaytadan namuna 
olish yoki boshqa ishonchliroq usul bilan nazoratlovchi namunalar olish 
kerak. Bunda umumiy namunalarning taxminan 10% qismini nazorat 
qilish talab etiladi. Nazorat namunalari yangi raqam ostida tahlilga 
yuborilib olingan natijalar solishtirib koʻriladi. Agar natijalar 15%gacha 
farqlansa natijalar ishonchli deyish mumkin. Agar farq undan oshib 
ketsa, xatoliklar bor deb hisoblanadi.


94
Namunalarga ishlov berishni nazorat qilish. Bu nazorat turi olingan 
namuna bilan unga ishlov berib maydalashning bir necha martda 
kamayishi natijasida, qisqartirilgan qismini solishtirganda tarkibida farq 
qilishiga asoslangan. 
Shu jarayondagi nuqson ham tasodifiy va sistematik, metodik yoki 
texnik sabablariga koʻra kelib chiqishi mumkin. Nuqsonlarga quyidagi 
uchta empirik (amaliy materiallarga asoslangan) holda baho berish 
usullari mavjud: 
- Richard-Chechyott sxemasi boʻyicha namuna qisqartirilgandan 
soʻng, 10-50-100 grammli namunalarni laboratoriyaga joʻnatiladigan 
ishonchli qismiga ega boʻlgach, qolgan materialni birlashtirib, takroran 
shu jarayonni oʻtkazishadi va ishonchli olingan naveska oldingisi bilan 
solishtiriladi. Natijada hosil boʻlgan miqdorlarning farqi ishlov berish 
nuqsoni deb qabul qilinadi. 
- namunaning ishonchli qismi olingandan soʻng, qolgan materialni 
birlashtirib 
qisqartirmasdan 
kerakli 
diametrgacha 
(0,1-0,07mm) 
maydalanadi va birdaniga djonson uskunasi yordamida kerakli 
ogʻirlikkacha qisqartiriladi. 
- namuna materiali qisqarqartirilishi bilan, dubl nazorat olinadi va 
tahlildan oʻtkaziladi. Bu usul yordamida keyingi qisqartirish bosqichida 
nuqson vujudga kelganligini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni 
oʻtkazish mumkin. 
Ushbu usullar bilan namunaga ishlov berishdan kelib chiqadigan 
nuqsonlarni yoʻqotish mumkin.

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling