Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
Texnik tekshirishlar. Texnik tekshirishlar hamma konlarda olib
boriladi. Eng murakkab texnik tekshirishlar ba’zi noma’dan foydali qazilmalarga (qurilish materiallari, slyuda, asbest, optik xomashyo va boshqalarga) xosdir. Bunday hollarda texnik tekshirishlar jarayonida xomashyoning fizik xususiyatlaridan tashqari, uni qayta ishlash texnologik tuzimi ham ishlab chiqiladi. Eng koʻp hollarda aniqlanadigan koʻrsatkichlar: hajmiy massa, namlik, granulometrik tarkib, maydalanish koeffitsiyenti va boshqalardir. Razvedka jarayonida bajariladigan texnik tekshirishlarni uch guruhga boʻlish mumkin: 1) zaxirani hisoblash uchun kerak boʻlgan tekshirishlar; 2) konni ekspluatatsiya qilishning kon-texnik sharoitlarini aniqlash uchun kerak boʻlgan tekshirishlar; 3) xomashyo sifatini aniqlash uchun kerak boʻlgan tekshirishlar. 93 5.5. Namunalash jarayonini nazorat qilish Namunalash natijalarining ishonchliligi namuna olish unga ishlov berish va tahlil qilish usullariga bogʻliq. Lekin bu usullarni toʻgʻri tanlab olishning oʻzi namunalash ishonchliligini toʻla ta’minlay olmaydi. Buning uchun namuna olish, unga ishlov berish va tekshirish operatsiyalarini aniq va toʻgʻri bajarish talab etiladi. Shunday qilib, namunalash jarayonida turli uslubiy va ishlab chiqarish xususiyatlariga ega boʻlgan sabablar tufayli koʻpchilik xatoliklar vujudga keladi. Namunalashni nazorat qilish doimo, asosiy va nazoratlangan ma’lumotlar oʻrtasidagi tafovutni baholashdan iborat boʻladi. Bu baho toʻgʻri boʻlishi uchun, tafovutlarning kelib chiqishi haqida toʻgʻri tushunchaga ega boʻlish va ularni tahlil qilishning toʻgʻri usulini tanlash kerak. Namunalash jarayonida paydo boʻladigan hamma xatoliklar odatda ikkita asosiy guruhga boʻlinadilar: 1) tasodifiy; 2) sistematik. Bular orasida eng xavflisi sistematik xatoliklar boʻlib, ular koʻrsatkichlarni faqat kattalashtirib yoki faqat kichiklashtirib koʻrsatadi, ya’ni bir belgili xatoliklardan iborat boʻladi. Tasodifiy xatoliklar turli belgiga ega boʻlib, oʻzaro bir-birini kompensatsiyalaydilar va umumiy koʻrsatkichlarga katta ta’sir koʻrsatmaydilar. Namunalash jarayonini nazorat qilishning asosiy mazmuni sistematik xatoliklarni aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni topish va iloji boʻlsa yoʻqotishdir. Agar xatolikni keltirib chiqaruvchi sababni yoʻqotish mumkin boʻlmasa, aniqlangan koʻrsatkichlarga ma’lum tuzatishlar kiritish lozim. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling