Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Mineralogik tarkibni aniqlash. Ma’danlarning mineral tarkibini 
aniqlash usullarini tanlash tekshirish vazifalari, talab qilingan aniqlik va 
namuna materialining holatiga bogʻliq. Namunalarni mineralogik analiz 
qilishning toʻliq va qisqartirilgan turlari mavjud. Toʻliq analiz 
namunadagi hamma minerallarning miqdorini aniqlashni talab qilsa, 
qisqartirilgan analizda faqat ba’zi minerallarning namunadagi miqdori 
aniqlanadi. Bu analizlar odatda mikroskop yordamida bajariladi. 
Mineralogik tekshirish jarayonida ma’danlarning tekstura-strukturaviy 
xususiyatlari va minerallarning kimyoviy tarkibi aniqlanadi. Zich va 
mustahkam ma’danlarni tekshirishda silliqlangan shtuflar, shliflar va 
anshliflardan foydalaniladi. 
Sochiluvchan ma’danlarni tekshirishda, ularning tarkibidagi 
minerallar gravitatsion, flotatsion, magnit yoki elektromagnit separatsiya 
usullari bilan ajratib olinadi va miqdori aniqlanadi. Minerallarning 
tarkibini aniqlash uchun monomineral namunalar olinadi, ya’ni 
tekshirilayotgan mahsulotdan biron bir usul bilan faqat bir mineral 
zarrachalari ajratib olinadi. Monomineral namunalar ma’dandagi 
qoʻshimcha komponentlar qaysi mineral bilan bogʻlanganligini aniqlash 
imkonini beradi. 
Texnologik tekshirishlar. Texnologik namunalar ma’danlarning 
tabiiy turlarini, sanoat turlarini, konning boʻlaklarini va butun bir konni 
ifoda etishi mumkin. Bundan tashqari tekshirishning vazifalaridan kelib 
chiqqan holda namunalar laboratoriyada tekshiriladigan, yarimzavod 
sharoitida tekshiriladigan namunalarga boʻlinadi. Ma’danlarning alohida 
sanoat turlaridan olinadigan texnologik namunalar eng koʻp qoʻllaniladi. 
Laboratoriya namunalari yangi texnologik tizimlarni ishlab chiqish 
yoki mavjud texnologik tizimlarda ma’danlarning texnologik 
xususiyatlarini tekshirib koʻrish uchun qoʻllaniladi. Yiriklashtirilgan 
laboratoriya namunalari uzluksiz texnologik jarayon sharoitida 
ma’danlarning texnologik xususiyatlarini tekshirish va ularni qayta 
ishlash texnologik koʻrsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. 


92
Yarimzavod namunalar faqatgina yangi turdagi mineral xomashyolar 
oʻzlashtirilayotgan yoki yangi texnologik tizimlar ishga tushirilayotgan 
sharoitlardagina qoʻllaniladi.
Namunalarning massasi mineral xomashyo turiga qarab keng 
miqyosda oʻzgaradi. Laboratoriya namunalarining massasi oʻnlab-
yuzlab kilogrammlarni, yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari massasi 
tonnalarni, yarimzavod namunalari massasi oʻnlab, hatto minglab 
tonnalarni tashkil etishi mumkin. 
Koʻpchilik foydali qazilmalar, ayniqsa ma’danlar qayta ishlash 
jarayonida boyitiladi. Shuning uchun koʻpincha «mahsulot chiqishi», 
«mahsulot tarkibi» va «komponentlarning ajratib olinishi» kabi 
texnologik koʻrsatkichlar aniqlanadi. 
Har bir konda odatda bir emas, bir necha texnologik namunalar turli 
ma’danlardan va maydonlardan olinadi. Shuning uchun koʻpincha 
ma’danlarni boyitish koʻrsatkichlari va ma’dan xususiyatlari orasida 
munosabatlarga baho berish imkoni tugʻiladi. 
Mineral xomashyoni texnologik tekshirish razvedka ishlarining 
asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Ma’danlarni texnologik sinovlardan 
oʻtqazmay turib, konning sanoat ahamiyatiga toʻgʻri baho berish va 
pirovardida razvedka ishining asosiy vazifasini bajarish mumkin emas. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling