Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Foydali qazilma sifatini namuna olmay aniqlash


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

Foydali qazilma sifatini namuna olmay aniqlash. Keyingi paytlarda 
foydali qazilmalarning sifatini namuna olmay turib aniqlash usullari 
keng miqyosda qoʻllanilmoqda. Buning uchun birinchidan sifat 
koʻrsatkichlarining geologik omillar bilan qonuniy bogʻliqligidan 
foydalanilmoqda. 
Geofizik usullar turli-tumandir. Bular orasida magnitometrik
yadroviy-fizik va radiometrik usullarda ma’dan sifatini aniqlash eng 
koʻp tarqalgan. 
Magnitometrik usullar asosan magnitli ma’danlarni oʻrganishda 
ishlatiladi. Bu usul bilan magnetit miqdori 5-20 % aniqlik bilan topiladi.
Yadroviy-fizik usullar ba’zi hollarda kimyoviy namunalashning 
oʻrnini egallamoqda. Bu usullar ma’dan va jinslarni radioaktiv 
izotoplarining turli nurlanishlari bilan faollashtirishga asoslangan. 
Nurlarning atomlar yadrolari va elektronlari bilan oʻzaro muloqjti 
natijasida sodir boʻlgan jarayonlarga javoban ikkilamchi nurlar hosil 
boʻladi. Shu nurlarni oʻlchash natijasida ma’dan yoki jinslardagi 
kimyoviy elementlarning miqdorini aniqlash mumkin. 
Radiometrik usullar yadro-fizik usullar orasida eng oldin va yaxshi 
ishlab chiqilgan usullardir. Ular ma’danlarning tabiiy radioaktivligini 
oʻlchashga, asosan, radioaktiv elementlar (uran, toriy, kaliy) 
parchalanishidan 
hosil 
boʻlgan 
gamma-nurlanishni 
oʻlchashga 
asoslangan. 
Gamma-gamma usul (GGU) – asosan jinslarning va ma’danlarning 
zichligini aniqlashda qoʻllaniladi. 
Rentgen-radiometrik usul (RRU) – ma’dan tarkibidagi birdaniga 
ikki-uchta kimyoviy element miqdorni 10-25% xatolik bilan aniqlab 
beradi. Bu usul bilan koʻpchilik metallar (qoʻrgʻoshin, rux, temir, 
volfram, molibden, qalay va boshqalar) ni aniqlash mumkin. 


88
Gamma-neytronli usul (GNU) – asosan ma’dandagi berilliy 
miqdorini aniqlash uchun qoʻllaniladi. Usulning sezgirligi 0,004 %, 
xatoligi 10 %. 
Yadroviy-gamma-rezonans usuli (YAGRU) – Messbauer effektiga 
asoslangan boʻlib, ma’dan tarkibidagi kassiterit miqdorini aniqlab 
beradi. 
Shuni aytib oʻtish kerakki, amalda turli geofizik usullar yakka holda 
emas, kompleks holda ishlatiladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling