Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

2) Razvedka qilish tamoyillari. Foydali qazilma konlarining 
tabiatdagi turli-tumanligiga qaramay, har qanday konni razvedka qilish 
asosida bir xil tamoyillar yotishi mumkin. Chunki geologiya-qidiruv 
jarayoni ishlab chiqaruvchi kuchlarning ma’lum bir rivojlanish 
bosqichida olib boriladi va pirovard natijada bir maqsadga 
yoʻnaltirilgan, ya’ni zamindagi sanoatbop zaxiraga ega boʻlgan foydali 
qazilma koni aniqlanadi. 
Razvedka qilish jarayonining ilmiy negizi boʻlib geologiya 
fanlarining toʻliq majmui xizmat qiladi. Boshqa geologiya fanlaridan 
ajratilgan «Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish 
haqidagi ta’limot» oʻz ma’no-mohiyatini yoʻqotib, amaliy ahamiyatga 
ega boʻlmay qoladi. Shuning uchun razvedka qilish tamoyillarining har 
biri alohida va hammasi birgalikda geologiya asosida, avvalo 
geostrukturaviy tushunchalar asosida qurilgan. 
Shu bilan birga, qidirish va razvedka qilish haqidagi ta’limot amaliy 
geologik fan boʻlib, sanoatbop foydali qazilma konlarining joylashish 
sharoitlarini va ularni topishning eng samarali metodlarini aniqlaydi. 


98
Shuning uchun bu ta’limot ham, geologiya-qidiruv ishlari amaliyoti ham 
xalq xoʻjaligini yuritishning umumiy tamoyili – iqtisodiy samaradorlik 
tamoyiliga boʻysundirilishi kerak. Shunga binoan quyida koʻrib 
chiqiladigan xususiy tamoyillar umumiy iqtisodiy samaradorlik 
tamoyiliga tayanadi. 
Razvedka qilish muammolarini koʻrib chiqishda shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, oʻrganilayotgan obyekt tabiiy jismdir. Uning 
xususiyatlari ma’lum darajadagi oʻzgaruvchanlikka ega, FQKlarining 
shakli va zaminda joylashishi hamda kon ichida ma’danli jinslarning 
joylashishi 
turli-tuman 
qonuniyatlarga 
boʻysinadi. 
Foydali 
qazilmalarning sanoatbop zaxiralarini qidirib topish qiyin vazifadir. 
Faqatgina razvedka qilishning asosiy tamoyillariga tayangan holda bu 
vazifani muvaffaqiyatli yechish mumkin. Bu asosiy tamoyillar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
1) Toʻliq tekshirish tamoyili; 
2) Bosqichma-bosqich «yaqinlashib» borish tamoyili; 
3) Bir tekis tekshirish (bir xil ishonchlilik) tamoyili; 
4) Eng kam mehnat va materiallar sarflash tamoyili; 
5) Eng kam vaqt sarflash tamoyili; 
Birinchi tamoyil razvedka ishlarining pirovard maqsadini, ya’ni 
foydali qazilma zaxirasini iloji boricha toʻliq aniqlash kerakligini ifoda 
etadi. Keyingi ikki tamoyil razvedka jarayonining metodikasini aniqlab 
beradi. Toʻrtinchi va beshinchi tamoyillar ijtimoiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning muayyan rivojlanish davrida mavjud boʻlgan texnik-
iqtisodiy imkoniyatlari va sharoitlarini hisobga oladi. Boshqacha qilib 
aytganda, foydali qazilma koni toʻliq, oqilona ketma-ketlikda, bir tekis, 
tejamkor va imkon qadar tez razvedka qilinishi kerak. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling