Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Bir tekis (bir xil ishonchlilikda) tekshirish tamoyili
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng kam mehnat va materiallar sarflash tamoyili
- Eng kam vaqt sarflash tamoyili
Bir tekis (bir xil ishonchlilikda) tekshirish tamoyili razvedka
qilinayotgan konning hamma xususiyatlarini bir tekis yoritish zaruratidan kelib chiqadi. Bu tamoyilning asosida yotadigan asosiy tushuncha shundan iboratki, foydali qazilmalarning tabiiy uyumlari oʻzining shakllari va sifatlarining oʻzgaruvchanligi bilan tavsiflanadi hamda bu oʻzgaruvchanlikni qayd etish uchun razvedka lahimlari va namunalash joylari kon egallab turgan fazoda «bir tekis» taqsimlangan boʻlishi kerak. Bu tamoyil quyidagi talablarning bajarilishini taqozo etadi: 100 1) Konning yoki uning alohida qismlarining xususiyatlarini razvedka qilishda ularning hamma yeri bir tekis razvedka lahimlari yordamida yoritilishi kerak; 2) Razvedka lahimlari va kon qismlarining butun koʻlami boʻyicha namuna olish punktlari bir tekis joylashtirilishi kerak; 3) Konning turli qismlarida bir-biriga solishtirish mumkin boʻlgan natijalarni beruvchi razvedka qilishning texnik vositalari qoʻllanilishi kerak, ya’ni ularning ishonchlilik darajasi iloji boricha bir-biriga yaqin boʻlishi kerak; 4) Foydali qazilma tarkibini tekshirishda aniqligi va ahamiyati jihatidan yaqin boʻlgan metodlarni qoʻllash kerak. Eng kam mehnat va materiallar sarflash tamoyili razvedka qilish vazifasini bajarishni ta’minlaydigan eng kam miqdordagi lahimlarni qazish, namunalar olish, tekshirishlar oʻtkazishni nazarda tutadi. Bu tamoyilning talablarini bajarish ancha qiyinchiliklar tuʻgʻdiradi. Chunki minimal darajada yetarli boʻlgan geologiya-qidiruv ishlarining miqdorini aniqlash har doim ham muvaffaqiyatli bajarila olmaydi. Bu tamoyilni ratsional qoʻllash koʻp miqdordagi mablagʻlarni tejash va razvedka ishlarining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Eng kam vaqt sarflash tamoyili razvedka ishlarini eng qisqa vaqtlarda bajarish kerakligini taqozo qiladi. Razvedka qilish jarayonini koʻpinchalik anchagina yirik tashkilotlar bajaradi. Ularning esa yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi boʻlimlari boʻlib, bular koʻp miqdordagi mablagʻ talab qiladi. Koʻrsatilgan tamoyil talablarini bajarish va razvedka vaqtini qisqartirish qoʻshimcha mablagʻlarni sarflashdan saqlaydi. Bundan tashqari ba’zi paytlarda davlat ahamiyatiga ega boʻlgan resurslarning zaxirasini tezda toʻldirish maqsadida boshqa tamoyillarni qisman buzgan holda razvedka qilish ishlarini qisqa vaqtlarda bajarish talab etilishi mumkin. Shunday qilib, eng kam vaqt sarflash tamoyilidan kelib chiqadigan asosiy vaziyatlar quyidagilardan iborat: 1) geologiya-qidiruv ishlarini doimo, boshqa razvedka tamoyillarini buzmagan holda eng qisqa vaqtlarda oʻtkazish maqsadga muvofiqdir; 2) ayrim maxsus hollarda geologiya-qidiruv ishlarini, boshqa razvedka tamoyillarini qisman buzgan holda oʻta qisqa vaqtlarda bajarish mumkin. 101 Bir qarashda razvedka qilishning alohida tamoyillari bir-birini inkor etuvchi narsalardek tuyuladi. Lekin aslida ular antagonistik xarakterga ega boʻlmagan tushunchalardir. Amaldagi geolog bu tamoyillarni oʻzaro muvozanatda ushlab tursa, eng ratsional va yetarli razvedka ishlarini olib borish imkoniyatiga ega boʻladi. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling