Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Razvedka sistemalari, toʻrlarining zichligi


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

 
6.3. Razvedka sistemalari, toʻrlarining zichligi 
 
Razvedka sistemalari (tizimlari) 
Razvedkaning bosh maqasadi boʻlgan har bir geologik-sanoat 
parametrining qiymatini aniqlash qiyin emas, lekin amalda quyidagi 
qiyinchiliklar mavjud
- hech qanday kon butunligicha bizning oʻrganishimiz uchun ochiq 
emas, ya’ni barcha xohlagan nuqtalarimizni oʻrgana olmaymiz; 
- tabiatda barcha xususiyatlari boʻyicha bir xil konlar yoʻq; 
- sanoat uchun parametrlarning ham alohida, ham oʻrtacha 
koʻrsatkichlarini xamda bu koʻrsatkichlarning oʻzgarish dinamikasini 
aniqlash muhimdir; 


106
- ma’lumotlar muayyan aniqlikda va ishonchlilikda aniqlangan 
(oʻlchangan) boʻlishi kerak. 
Razvedkaning bosh maqasadiga yetish uchun quyidagi vazifalarni 
bajarish zarur: 
1) Ma’dan tanalari va qamrovchi jinslarni qator nuqtalarda 
«ochish» va kesib oʻtish; 
2) Har bir ochilgan nuqtada geologik-sanoat parametrlarini 
oʻrganish; 
3) Ma’dan tanalarini barcha ochilgan nuqtalar boʻyicha kuzatib 
chiqish va chegaralarini belgilash; 
4) Geologik-sanoat parametrlarining oʻzgaruvchanligini oʻrganib 
chiqish; 
5) Foydali qazilma konini qazib olishga tayyorlash va uni qazib 
olishning gidrogeologik, injener-geologik, kon-texnik sharoitlarini 
oʻrganish uchun tajriba-sinov ishlarini olib borish. 
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun maxsus texnika, turli yoʻllar 
va usullar talab etiladi. Bularga geologik kesimlar tuzish usullari, 
namunalash usullari va baholovchi solishtirish usullari kiradi. 
Usullar quyidagilardan iborat: 
1. Geologik, topografik va marksheyderlik ma’lumotlari asosida 
(yer yuzasida 1:10000dan 1:500gacha va yer ostida 1:1000dan 
1:500gacha 
masshtabda) razvedka lahimlari hamda burgʻilash 
quduqlaridagi kuzatish nuqtalarini tasvirlash ishlariga bogʻlab va 
birlashtirib, belgilangan talabga muvofiq masshtab boʻyicha, katta 
masshtabli, razvedka maqsadiga toʻgʻri keladigan, geologik xaritaga 
asos yaratiladi. 
Razvedka jarayonida lahimlar yoki burgʻilash quduqlarini oʻlchash 
natijasida olingan ma’lumotlar ayniqsa qimmatli hisoblanadi. Ishchi 
geologik xarita va razvedka oʻtkazish profillari boʻyicha lahimlar va 
quduqlardan iborat boʻlgan qirqimlarning dastlabki varianti mufassal 
baholashda, toʻlasi esa razvedka bosqichida tuziladi. 
Bu ishchi geologik xaritada petrografik va formatsiyalari, 
ma’danlarning chegarasini belgilaydigan gorizontlar(qatlamlar), ma’dan 
tanalari chegaralari, vujudga kelgan tektonik harakat elementlari
metasomatik oʻzgargan togʻ jinslari belgilanadi. 
2. Kon lahimlari va burgʻilash quduqlarida geofizik tadqiqotlar 
oʻtkazish usullari(karotaj ishlari) hal qilinuvchi masalalar kompleksi 
boʻyicha universal va yuqori samarali hisoblanadi. 


107
Ular quyidagi holatlarda keng qoʻllaniladi: lahimlar va burgʻilash 
quduqlari 
ma’danni 
kesib 
oʻtgan 
joylarni 
aniqlashtirishda; 
interpolyatsiya hamda ekstrapolyatsiya oʻtkazishda; foydali qazilma 
konlari boʻyicha zaxira hisoblash sifati uchun koʻrsatkichlarni 
belgilashda. Burgʻilash quduqlarida geofizik tadqiqotlar keng 
rivojlangan. 
Karotaj oʻtkazishning mazmuni quduqlar ichida tabiiy va sun’iy 
ta’sir orqali vujudga kelgan fizik maydonlarni qoʻzgʻatish, ularni 
maxsus uskuna – zond yordamida raqamlar sifatida hisobga olish yoki 
boshqa qabul qiluvchi uskunalar yordamida registratsiya qilishdir. 
Kon lahimlarida geofizik tadqiqotlardan radiometrik usullar keng 
qoʻllanadi. Uran, sheelit, olmos kabi foydali qazilma konlarini razvedka 
qilishda lyuminessent usuli yordamida samarali ma’lumot olish mumkin. 
Lahimlar orasini hamda rassechkalar oʻrtasida ma’danli tanalarning 
“soyasi” orqali qiyofasini aniqlash uchun radiotoʻlqinli va rentgen 
usulidan foydalanish ham rivojlangan. 
3. Foydali qazilma koni razvedkasida geokimyoviy tadqiqotlar 
eroziya chuqurligini aniqlashda, ma’danli tanalarni interpolyatsiya va 
ekstrapolyatsiya qilishda, ma’dan mavjud boʻlgan chuqur gorizontlarni 
baholashda kon lahimlari hamda quduqlardan geokimyoviy namuna 
olish 
orqali 
qoʻllanadi. 
Namunalar 
ishlov 
berishdan 
soʻng, 
laboratoriyaga spektral tahlil boʻyicha ma’lumot olish uchun yuboriladi, 
soʻngra shunga asoslanib, birlamchi tarqalish oreollari doirasi tuziladi. 
Birlamchi tarqalish oreollarini oʻrganish razvedka davrida konning 
chuqurlikda boʻlgan oʻzgaruvchanligini (zonalligini) oʻrganishda muhim 
vazifalardan hisoblanadi. 
4. Mineralogik tadqiqot ishlari quyidagi vazifalarni yechishga 
yoʻnaltirilgan: 

Ma’danlarning toʻliq mineral tarkibini, ma’dan atrofidagi 
metasomatitlarni, minerallar vujudga kelish shakllarini, asosiy va 
qoʻshimcha 
foydali 
komponentlar 
hamda 
foydali 
va 
zararli 
elementlarning joylashuvini aniqlash; 
- Ma’danlarning mineral tarkibi, tekstura va strukturalari boʻyicha 
tabiiy turlarni ajratish; 
- Kesimlar boʻyicha minerallarning yer yuzasidan chuqurlikkacha 
joylashuvidagi zonallikni oʻrganish; 
5. Razvedka profillari boʻyicha samarali ma’lumotlarga ega boʻlgan 
holda kesimlarni tuzish. 
6. Razvedka maqsadiga muvofiq namunalash ishlarini olib borish. 


108
Razvedka sistemalari (tizimlari) kuzatish punktlari tizimini hosil 
qilish uchun qoʻllaniladigan texnik vositalardan foydalanishga qarab uch 
turga boʻlinadi: 
1. Burgʻilash quduqlar tizimi. 
2. Kon lahimlari tizimi (19-rasm). 
3. Kon lahimlari va burgʻilash quduqlaridan foydalanadigan aralash 
tizim (20-rasm). 
Burgʻilash tizimini tanlab olish jarayonida konning umumiy 
geologik, mineralogik, strukturaviy, morfologik va boshqa xususiyatlari, 
geografik va iqtisodiy shart-sharoitlari hisobga olinadi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling