Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-rasm. Tomirsimon va minerallashgan zonalarni razvedka qilish sxemasi
19-rasm. Shaxtadan kvershlaglar va shtreklar oʻtish orqali razvedka qilish tizimi. Moyxun koni qirqimi (Janubiy Afrika) : 1 - noritlar; 2 - piroksenitlar; 3 - olivinli dunitlar; 4 - gortonolit-dunitli «trubka»; 5 - gortonolit-dunit daykalari. 109 20-rasm. Tomirsimon va minerallashgan zonalarni razvedka qilish sxemasi: A - yer yuzasi plani; B - shaxta gorizonti plani; D - vertikal qirqim; 1-2 - dastlabki razvedka quduqlari: 1 - 100m.gacha; 2 - 300m.gacha; 3 - mufassal razvedka quduqlari; 4 - struktura quduqlari; 5 - gorizontal quduqlar; 6 - shurflar; 7 - shaxta; 8 - kanavalar; 9 - shtrek va rassechkalar; 10 - ma’dan zonasi. Razvedka toʻrlarining shakli, zichligi va yoʻnalishi Razvedka sistemasiga kiradigan burgʻilash quduqlari va kon lahimlari ma’lum yoʻnalishli chiziqlarda (profillarda) joylashadi. Shu quduq va lahimlar ma’dan tanalarini kesib oʻtgan joylar nuqta yoki interval tarzida boʻladi, ular adabiyotlarda “kuzatuv nuqtalari” deb ataladi. Ularga asoslanib, turli qirqimlar, gorizont planlari (lahimlar boʻyicha) tuziladi. Razvedka sistemasini tashkil qilgan quduqlar va kon lahimlaridan aniq va ishonchli ma’lumot olish maqsadida, ularni joylashtirishda maksimal oʻzgaruvchanlik yoʻnalishi (ma’dan qalinligi, ya’ni razvedka profillari yoʻnalishi minerallashuv zonasi yoʻnalishiga koʻndalang) D A B 110 boʻyicha profil chizigʻida joylashgan nazorat (kuzatish) nuqtalarining orasidagi masofa bu profillar oraliq masofasiga nisbatan ancha kam boʻladi. Shu holatda bir tomoni uzun toʻgʻri toʻrtburchakli razvedka toʻri yuzaga keladi. Agar razvedka ishlari olib borilayotgan ma’dan maydoni izometrik (uch yoʻnalish boʻyicha oʻlchamlari bir-biriga yaqin) boʻlsa, kuzatuv nuqtalari orasidagi masofalar profillararo va profil ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha teng qabul qilinadi va toʻr shakli kvadratsimon koʻrinishga keladi. Razvedka toʻrining shaklini tanlashda razvedka tamoyillari inobatga olinadi. Toʻliq oʻrganish tamoyili kuzatuv nuqtalarining ma’lum tartibda joylashuviga asos boʻladi. Analogiya (tajriba orqali oʻxshash hollarda bir tamoyilni qoʻllash) tamoyili, oʻxshash foydali qazilma konlarida kuzatuv nuqtalari orasidagi masofa razvedka toʻrining shakli va yoʻnalishi boʻyicha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi, ayniqsa, mufassal baholash bosqichida yordam beradi. Katta maydonda, tadqiqot ishlari natijasiga asoslanib, bir qismiga oʻtib, katta masshtabda geologiya-qidiruv ishlarini unumli davom ettirish tamoyili razvedka toʻrini zichlashga, ya’ni kuzatish nuqtalari orasidagi masofalarni ikki barobar kamaytirishga asos yaratadi. Tadqiqot ishlarini samarali oʻtkazish tamoyili, ekstrapolyatsiya usuli yordamida, ma’danni kesib oʻtgan burgʻilash quduqlari va kon lahimlari tashqarisida chegaralash doirasini oʻtkazish bilan bogʻliqdir. Geologik- tadqiqot ishlariga unumli mablagʻ va vaqt ketkazish tamoyili razvedka toʻrining optimal (me’yorli) zichligiga bogʻliqdir. Razvedka tizimini tashkil etuvchi kon lahimlari va quduqlar qabul qilingan razvedka toʻrining kataklar burchaklarida joylashishi kerak. Shu talab koʻzda tutilsa, razvedka chiziqlari boʻyicha tuzilgan qirqimlardagi ma’lumotlar ishonchli boʻladi. Ya’ni, toʻrning shakli va yoʻnalishi foydali qazilma konlarining geologik tuzilishi xususiyatlariga, jumladan ma’danli tanalar morfologiyasi va ma’dan vujudga kelishi jarayonlarida hosil boʻlgan oʻzgaruvchanligiga toʻla e’tibor berilsa, toʻrlar zichligini kengaytirish natijasida, vaqt hamda ketadigan mablagʻlarni unumli tejash mumkin. Download 4.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling