123
Ushbu hisob-kitoblar juda murakkabligi tufayli faqatgina
loyihalashtirish tashkilotlari tomonidan bajarilishi mumkin.
Zaxiralarni operativ hisoblash davrida vaqtinchalik
konditsiyalarni
tuzish uchun yuqoridagi koʻrsatkichlarni taqribiy aniqlash,
ushbu
hududdagi shart-sharoitlari yaqin konlarni oʻzlashtirish tajribasiga
tayanib va oʻxshashlik metodini qoʻllagan
holda geologiya-qidiruv
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda kerakli ma’lumotlar
tegishli loyihalash institutidan olinishi mumkin.
2.1.Foydali qazilma tanalarining eng kam qalinligi. Tik yoʻnalgan
tomirsimon jismlar uchun eng kam qazib olinadigan qalinlik 0,7-1,0 m.
atrofida boʻlishi koʻzda tutiladi. Nishab yotuvchi konlarning
qatlamsimon turi (temir, marganes ma’danlari va boshqalar) uchun eng
kam qazib olinadigan qalinlik 1,4-1,7 metrni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: