Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Balans zaxiralari chegarasiga kiritiluvchi ma’dansiz yoki


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

2.2. Balans zaxiralari chegarasiga kiritiluvchi ma’dansiz yoki 
konditsiyaga toʻgʻri kelmaydigan ma’danlar qatlamlarining eng koʻp 
yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan qalinligi. Izohlanayotgan koʻrsatkich 
miqdoran an’anaviy asbob-uskunalar qoʻllanilganda: yer osti ishlari 
uchun 1-2 m, ochiq usulda esa 2-4 metrni tashkil etadi. Ma’dansiz va 
konditsiyaga mos emas joylarni alohida kavlab olish qazish ishlarini 
murakkablashtirib, qiymatini oshiradi. Shuning uchun, ma’danlarning 
fizik xususiyatlari dastlabki yalpi boyitish texnologiyalarini (ogʻir 
suspenziyalarda va boshqalar) qoʻllash imkoniyatini beradigan hollarda, 
bu arzon hamda samarador metodlar ma’danni birlamchi qayta 
ishlashning umumiy texnologiya sxemasi doirasiga kiritilishi zarur. 
Yanada kuchli togʻ uskunalari hamda yuqori samarador kavlash 
sistemalarini qoʻllash natijasida qazib olish tannarxining pasayishidan 
olingan iqtisodiy samara boyitish fabrikasi qurilishiga ketgan 
qoʻshimcha mablagʻlar va boyitish tannarxining oʻsishidan kelgan 
qoʻshimcha xarajatlarni ortigʻi bilan qoplaydi. 
3. Ma’danlarni birlamchi qayta ishlashning moʻljallangan 
texnologiyasini 
inobatga 
olinib 
belgilanadigan 
konditsiyalar 
koʻrsatkichlari 
Ushbu konditsiyalar koʻrsatkichlari guruhiga quyidagilar kiradi: 
1) qayta ishlash usullarini belgilovchi texnologik xususiyatlari 
inobatga olingan ma’dan xil va navlarini ajratish toʻgʻrisidagi talab; 
2) zaxiralari hisoblanishi lozim boʻlgan hamroh komponentlarning 
roʻyxati va ularni qayd etish tartibi
3) ma’danga aralashgan zararli komponentlarning eng koʻp oʻrtacha 
miqdori va ayrim namunalardagi yuqori chegaraviy miqdori. 


124
Ushbu koʻrsatkichlarni belgilashda yuzaga keluvchi muammolar 
tegishli loyihalash va ilmiy-tekshirlish institutlari hamda manfaatdor 
sanoatni boshqarish organlari bilan maslahatlashish yoʻli bilan bartaraf 
etiladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling