Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat


Qayta ishlash usullarini belgilovchi texnologik xususiyatlari


Download 4.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/101
Sana22.10.2023
Hajmi4.08 Mb.
#1715196
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari

3.1. Qayta ishlash usullarini belgilovchi texnologik xususiyatlari 
inobatga olingan ma’dan xil va navlarini ajratish toʻgʻrisidagi talab 
Geologiya-qidiruv 
ishlarini 
toʻgʻri 
oʻtkazilgan 
holatlarda 
oʻrganilayotgan kondagi ma’danlarning texnologik navlari va zaxiradagi 
ayrim navlarning taxminiy nisbati mufassal baholash bosqichidayoq 
aniqlanadi. Razvedka natijalari esa ularga yanada aniqlik kiritish bilan 
birga, koʻp hollarda ayrim navlarning makoniy joylashishi xususida fikr 
yuritish imkonini yaratadi. 
Ma’dan texnologik navlarini ajratish bilan bogʻliq barcha 
muammolar razvedka jarayoni tugallangunicha oʻz yechimini topishi 
zarur. Aks holda ma’dan sifatini oʻrganishda qoʻyilgan xatoliklar odatda 
qoʻshimcha razvedka ishlarini oʻtkazish zaruratini tugʻdiradi. 
3.2. 
Zaxiralari 
hisoblanishi 
lozim 
boʻlgan 
hamroh 
komponentlarning 
roʻyxati. 
Hamroh 
komponentlar 
roʻyxatiga 
muntazam ravishda quyidagilar kiritiladi: asl metallar, (agar ular mis
qoʻrgʻoshin-rux, polimetall va sulfidli nikel’ ma’danlarida bor boʻlsa); 
kadmiy, (agar u mis, qoʻrgʻoshin-rux va polimetall ma’danlarida bor 
boʻlsa); selen va tellur (misli kolchedanlarda); reniy (molibden 
ma’danlarida); skandiy (volfram va qalayi ma’danlarida). 
Koʻrilayotgan roʻyxatga boshqa xalkofil guruhi elementlarini 
(margimush, surma, talliy, galliy, indiy, germaniy va boshqalar) kiritish 
zarurati ularning ma’dandagi miqdoriga nisbatan aniqlanadi. Bu 
elementlarning zaxiralarini hisoblash maqsadga muvofiq boʻladigan 
miqdorini aniqlash masalasi tegishli ilmiy-tadqiqot va loyihalash 
institutlari bilan maslahatlashgan holda hal qilinadi. 
Hamroh komponentlarni sanoat miqyosida jalb etish uchun ularning 
ma’danlardagi oʻrtacha miqdori hamda umumiy zaxiralaridan tashqari 
ularning turli boyitish mahsulotlari orasida taqsimlanishi toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlar ham kerak boʻladi. 

Download 4.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling