Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkеnt davlat
Zaxiralarni chegaralash va bloklarga ajratish
Download 4.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari
7.3.3. Zaxiralarni chegaralash va bloklarga ajratish
Hozir amal qilayotgan tasnifga binoan, foydali qazilma zaxiralari belgilangan chegaralarda (konturlarda) hisoblanadi. Hisob chegaralarini belgilash, tasdiqlangan konditsiya talablariga binoan, foydali qazilmalarning konkret geologik strukturalardagi yotish sharoitlari va fazoviy joylanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi, barcha geologik ma’lumotlarni maksimal darajada hisobga olgan holda bajariladi. Zaxiralarni chegaralash (geometrizatsiyalash) balans zaxiralarini balansdan tashqari zaxiralardan va ularni qamrovchi jinslardan ajratuvchi umumiy sanoat chegaralarini oʻtkazishdan iborat. Umumiy 133 chegaralar doirasida geologik va texnologik jihatdan bir jinsli uchastka va bloklar ajratiladi. Ular tuzilishi, tarkibi, morfologiyasi yoki foydali qazilmaning razvedka qilinganlik darajasi bilan farq qiladi. Geologik va texnologik jihatdan bir xil bloklarni ajratish «blokirovka» deb yuritiladi (21- va 22-rasmlar). Geologiya-qidiruv ishlari natijalariga koʻra zaxiralarni chegaralash ketma-ket olib boriladi (oldin qidiruv inshootlari bilan kesishmalaridan, soʻng razvedka kesimlaridan va nihoyat boʻylama yuzalardan, ya’ni butun kon hajmi boʻyicha) (23-rasm). Foydali qazilmalarning yonma-yon joylashgan ma’danli oraliqlarini oʻzaro ishonchli biriktirish uchun ularning foydali qazilmaning bitta uyumiga tegishli ekanliklariga ishonch hosil qilish kerak. Agarda bunday ishonch boʻlmasa, bir butun chegarada ayrim ma’dan tanalari emas, balki geologik bir xil, bir-biriga yaqin strukturaviy pastroq darajadagi ma’danli jismlardan iborat oraliqlar birlashtiriladi. Foydali qazilmalarning ichki tuzilishi, morfologiyasi va ayrim uyumlarning yotish sharoitlari haqidagi tasavvurlarni asoslovchi daliliy ma’lumotlarni, konning eng tipik uchastkalaridagi kuzatuvlarni tanlab mufassallashtirish yoʻli bilan olish mumkin. Keyinroq bunday uchastkalardan etalon sifatida foydalaniladi, kuzatuvlar esa oʻxshashlik tamoyili asosida bir xil geologik tuzilishli uchastkalarga tatbiq etiladi. Shunday qilib, zaxiralarni koʻndalang va boʻylama razvedka kesimlarida chegaralashning asosiy vazifasi – razvedka toʻrining qabul qilingan zichligi sharoitida strukturaviy elementlarini geometriyalashtirish mumkin boʻlgan foydali qazilma tuzilishining muayyan darajasini topishdan iborat. Kesimlar boʻyicha zaxiralarni chegaralashdan oldin geologik ma’lumotlarni umumlashtirish, ma’dan joylashgan geologik strukturalarni chizib, ularni oʻzaro bogʻlash kerak. Chunki ular turli yoʻnalishlarda yaxshi kuzatiladi va ularga joylashgan foydali qazilma tanalariga nisbatan kattaroq oʻlchamlarga ega. Zaxiralarni chegaralashning hamma holatlarida iloji boricha rasmiy geometrik usullardan (yonma-yon kesishmalar oraliq masofasining yarmi, toʻrtdan biri va h.k) foydalanishdan qochish kerak. Ular geologik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati batamom tugallangandan soʻng ishlatilishi mumkin. Biroq ichki va tashqi chegara oraligʻidagi masofani tanlash yoki tashqi chegarani oʻtkazish usuli ham ma’lum geologik qonuniyatlarni umumlashtirishga asoslanishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling